STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 058 (God puts everything right 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

58. Xudo hamma narsani to'g'ri qo'yadi 6


Qanday ajoyib kun! Yusufning akalari don sotib olish uchun Misrga ikkinchi marta yo’l oldilar. Ular yomon ko’rganlari uchun 20 yil oldin uni qullikka sotgan ukalari Yusuf Misr yerida ikkinchi Hokimligini ular bilmas edilar.

Yusuf taomlar keltirishni buyirdi. Dasturhonga akalarini yoshiga qarab o’tqizdirdi. Akalar bundan taajjublandilar. Ular uylariga qoplari to’la don bilan qaytayotib xursand bo’ldilar. Lekin uzoqqa ketolmadilar.

Qulboshi: "To’xtanglar! Sizlar xo’jayinimning kumush qadahini o’girlagansizlar."

Aka: "Yo’q, biz hech narsa o’g’irlamadik. O’zingiz ko’rib chiqing."

Qulboshi hamma narsalarini qarab chiqdi. Oxiri Benyaminning qopini ochib qaradi.

Qulboshi: "Mana o’g’ri. Hamma Misrga qaytadi va sizlar bu yerda qul bo’lib qolasizlar."

Ular Yusufning oldiga olib kelindilar. Qo’rquvdan titrab ular Yusufning oldida tiz cho’kdilar. Yusuf akalarini sinash uchun akalarining qopiga kumush qadag’ini solib qo’yishni buyurgan edi. Akalar inoq bo’lib qolishganmikan yoki hali ham yuraklari yovuzmikan? Yusuf ular bilan qattiq gaplashdi.

Yusuf: "Nimaga bunday qildingizlar? O’g’ri bu yerda menga qul bo’lib qoladi."

Keyin Yahudo gap boshladi.

Aka: "Iltimos Benyamin ketsin o’rniga meni qul qilib olib qoling. Aks holda otamiz qayg’udan o’lib qoladi."

Akalar inoq bo’lib qolgan edilar. Keyin Yusuf ozini kimligini ularga aytdi.

Yusuf: "Meni tanimayabsizlarmi? Men ukangiz Yusufman."

Aka-ukalari javob berishga tillari ojiz edi. Keyin Yusuf xursandchilikdan yig’lab aka-ukalarini bag’riga bosdi.

Yusuf: "Sizlar tirik qolishlaring uchun Xudo meni Misrga jo’natdi. Boringlar otamizni va oilalaringizni bu yerga olib kelinglar. Qahatchilik tugashiga yana besh yil bor, lekin men sizlar uchun g’amho’rlik qilaman."

Yusuf aka-ukalariga sovg’a salomlar berib jo’natib yubordi.

Otasi Yusuf tirikligini eshitib ruhi tetiklashib xursand bo’ldi. Shunday qilib Yusufning oilasi 70 kishi narsalari bilan Misrning eng yaxshi yeriga joylashdilar. Qanday quvonchli hodisa! 20 yildan keyin Yusuf otasini yana ko’rdi. Xudo hamma narsani yaxshi tomonga o’zgartirdi. Va nihoyat akalari ayblari uchun tavba qildilar.

Aka: "Yusuf, iltimos senga qilgan munosabatlarimiz uchun bizni kechir. Biz afsusdamiz."

Yusuf: "Men sizlarni kechiraman. Siz qilgan yomonlikni Xudo yaxshilikka o‘zgartirdi."

Xudo hamma narsani yaxshilikka o’zgartirdi! Bu Xudo xalqini saqlab qolishi uchun Xudoning rejasi edi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, qulboshi, Yusuf, aka

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 08:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)