Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 015 (The baked Bible)
15. Pishirilgan Muqaddas Kitob
Ayol: ”Ular kelishyabdi! Ular kelishyabdi!”
Ayol non yopayotib oynaga qarasa Masihiylarni quvg’in qilayotganlar kelyotganini ko’rib qoldi. Ular hamma narsani Muqaddas Kitobni va Hamdu-sano kitobini olib ularni yoqadilar.
Odamlar: “Och! Tez och eshikni!” (eshikni taqillatish ovozi)
Ayol nima qilishi kerak? U tez uning qadrli kitobi Muqaddas Kitobni olib hamrga o’radi va duhovkaga tiqdi. Keyin qaltirab eshikni ochdi va kelgan odamlarning qanday uning shkaflarini, tortmalarini titishlariga qarab turdi.
Hamma joy tartibsiz bo’lib ketdi. Lekin ular hech narsa topolmadilar. Uni qattiq-qattiq so’kib eshikni qattiq yopib chiqib ketdilar. (eshikning qattiq yopilishi)
Hamma narsa tinchiganda ayol duhovkadagi nonini oldi ichidan zarar yetmagan Muqaddas Kitobni oldi.
U uning shaharidagi taqiqlangan Muqaddas Kitob edi.
Lekin ayol odamlardan ko’ra Xudoga bo’ysunib Xudoning So’zini yashirincha o’qir edi. Bu unga har kuni kuch va yana dalda berardi.
(musiqa cholinadi)
Egamizning qonuni mukammaldir, bizga u yangi kuch ato etadi,
Egamizning farmonlari ishonchlidir, g‘o‘r yoshlarga donolik beradi.
Egamizning buyruqlari to‘g‘ridir, qalblarni shodlikka to‘ldiradi,
Egamizning amrlari ravshandir, ular ko‘zlarga nur beradi.
Egamizdan qo‘rqish poklikdir, bu to abad davom etadi.
Egamizning qoidalari haqiqatdir, hammasi g‘oyat adolatlidir.
Ular sof oltindan ham a’lodir, toza asaldan ham shirinroqdir. (Zabur 18,8-11)
Uyingizda Muqaddas Kitob bormi? Tokchada chang bosib yotishiga yo’l qo’ymang. Xudo sizga nima deyishini o’qib xursand bo’ling.
Agar sizda Muqaddas Kitob bo’lmasa va agar ega bo’lishni xohlasangiz iltimos menga yozing.
Balki Muqaddas Kitob sizning eng qadrli kitobingizga aylanib qolar.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ayol, odamlar
Copyright: CEF Germany