Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 134 (STOP 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

134. TO'XTANG 2


Qiz: "Hayot maktabi 1qism. Bugun biz to’xtatish belgilarini ko’rib chiqamiz!"

(yo’ldagi shovqinning ovozi)

Bola: "U aqldan ozganmi? U to’xtash belgisining oldidan kata tezlik bilan o’tib ketdi."

Qiz: "Balki u shoshilyotgandir."

Muqaddas Kitobda ham bitta shoshilgan odam to’g’risida o’qiymiz. U uning oldiga yaqinlashib bo’lmaydigan odam edi. Hamma undan qo’rqar edi. Unda qatl qilish fikrlari bo’lar edi. Bundan aybsiz odamlar jabr chekdilar.

Shoul: "Biz hamma Masihiylarni yo’q qilgani boramiz. Iso Masihni Xudoning O’g’li deydigan har bir odamni o’ldiramiz. Kettik Damashqqa."

U erkak va ayol Masihiylarni hibsga olmoqchi edi. Oliy ruhoniy unga buni qilishga ruxsat berdi. (yurishning ovozi) Shoul juda ham tez yurib borar edi. Lekin u birdan to’xtab qoldi.

Osmondan bir nur Shoulning yon–atrofini yoritib yubordi.

Iso: "Shoul! Shoul! Nimaga Meni quvg’in qilyabsan?"

Shoul: "Yo Hazratim, Sen kimsan?"

Iso: "Sen quvg’in qilayotgan Isoman. Endi o’rningdan tur, shaharga kir. Nima qilishing kerakligi senga o’sha yerda aytiladi."

Shoulga hamroh bo’lganlarning tillariga bir so’z kelmay, to’xtab qolgan edilar. Ular ovozni eshitardilar-u, ammo hech kimni ko‘rmasdilar. Shoul yerdan turdi, ko’zlarini ochdi, ammo hech narsani ko’ra olmadi. Ular Shoulni qo’lidan ushlab, Damashq shahriga olib bordilar

Iso Shoulni to’xtatdi. Shunda Shoul o’zining hayoti nato’g’ri yo’lda ketayotganini tushunib yetdi. Shoul o’zini Xudoga tegishliman deb o’ylagan edi. Lekin bu nato’g’ri edi! Isosiz biz hayot so’qmoqlarining nato’g’ri yo’lidan yuramiz. Biz o’zimiz yuradigan yo’l bizni jannatga olib bormaydi. Biz o’zimiz yuradigan yo’l xavfli yo’ldir. Shuning uchun Iso Shoulni va boshqa ko’plarni to’xtatdi.

Qiz: "Men hech qachon nurni ko’rmaganman."

Xudoning 'to’xtatish belgilari' har bir odamga har xil bo’lib ko’rinadi.

Bola: "U masalan baxtsiz hodisa yoki kasallik bo’lishi mumkin. 'To’xtatish belgisi' siz uchun qanday bo’lgan?"

Mening 'to’xtatish belgim' voizlik bo’lgan. Xudo to’xtatish belgisini berish uchun odamlarni ham ishlatadi.

Qiz: "Keyin Shoulga nima bo’ldi?"

U nato’g’ri yolda ekanligini tan olib ibodat qildi. Uch kundan keyin uning oldiga bir Masihiy keldi.

Hananiya: "Birodarim Shoul! Yo’lingda senga zohir bo‘lganRabbimiz Iso meni bu yerga yubordi, toki sening ko’zlaring ochilsin, Hayoting sayohatida senga kuch beruvchi Muqaddas Ruhga to‘lgin."

O’sha zahotiyoq Shoul yana ko’ra boshladi.

Bola: "Keyinchi?"

Masihiylarni o’ldirmoqchi bo’lgan Shoul ularning eng yaxshi do’stiga aylandi. Keyin Shoul ko’plarni Isoga olib keldi va ularga to’gri yo’lni ko’rsatdi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Qiz, Bola, Shoul, Iso, Hananiya

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 04:54 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)