Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 133 (School of life 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

133. Hayot maktabi 1


Hayot maktabiga xush kelibsiz! Biz bilan ekanligingiz zo’rdir.

Qiz: "Bizga qo’shiling, bu juda ham qiziq maktab."

(ko’cha shovqinining ovozi: balonlarning chiyillashi, moshinalarning ovozi, velosipedlarning qo’ng’irog’ini ovozi va boshqala …)

Bola va Qiz birma-ketin: "Yo’l qoidalariga rioya qiling – xavfli burilish – oq va qizil strelkalar – men qayerdaman? Qayerga borishim kerak? – To’xtash belgisi – ogohlantirish: muzlama."

Juda ko’p belgilar bor va ular bir-biriga o’xshamagan har hildir. Yo’l bo’yidagi yo’l qoidalari belgilari juda muhimdir. Ular sizni kechiktirish yoki mashaqat yaratish uchun emas, balki sizni himoya qilish va mo’ljallagan manzilingizga eson omon yetkazishdir.

Muqaddas Kitobda Xudo sizning hayotingiz sayohati uchun 'qoidalar' belgilagan. Xudo bizga O’zining buyruqlari bilan mashaqat yaratishni xohlamaydi, aksincha hayotimizni himoya qilishni xohlaydi. Kim Xudoning amrlariga amal qilsa hayot sayohatining oxirigacha yetadi.

Qiz: "Hayot maktabiga bizga qo’shiling."

Bola: "Siz sinovdan o’tishingizga aminman."

Hayot tajribasi orqali sayohat.

Ikkita yo’laklar bor, lekin biz ulardan faqat bittasini tanlay olamiz. Muqaddas Kitob yo’l ko’rsatuvchi haritadir. U bizga qaysi yolda ketayotganimizni ko’rsatadi.

O’qib Beruvchi: "Tor darvoza orqali boring. Katta darvozali yo’l halokatga olib boradi. Ko’plar shu yo’l orqali borishni tanlaydilar. Lekin tor darvozali va to’g’ri yo’l bizni abadiy hayotga olib boradi. Faqatgina ozchilik u yo’ldan borishni tanlaydilar."

Muqaddas Kitob yo’l ko’rsatuvchidir. U bizga faqatgina Iso Masih Xudoga olib boruvchi yagona yo’lligini ko’rsatadi.

O’qib Beruvchi: "Iso shunday dedi: Men yo‘l, haqiqat va hayotdirman. Otaning oldiga olib boradigan Mendan boshqa yo’l yo‘q." (Yuhanno 14:6)

Hayot sayohatimiz bizni qorong’u tunel orqali o’tgandek muammolar orqali olib o’tsa, biz hech narsani ko’rmay qolamiz, shunda biz yo’limizni yoritib beruvchi yoritqich bo’lgan Muqaddas Kitobga qaraymiz.

Hayot maktabimizning eng yaxshi O’qituvchisi Isodir. U siz bilan hayot yo’lingizda birga yurishni xohlaydi. Siz xafagarchilikda bo’lasizmi yoki xursandchilikda, yoki avariyaga duch kelsangiz ham Iso siz bilan bo’ladi. U sizni yolg’iz tashlab ketmaydi. Iso shunday deb va’da bergan:

O’qib Beruvchi: "Og’ir kunda Menga iltijo qilgin, senga najot beraman, sen esa Menga maqtov aytasan." (Zabur 50:15)

Ibodat eng muhim tanlovdir. Ibodat qilishga harakat qilib ko’ring!

Men sizga hayot sayohatingizda yaxshi sayohat qilishni tilayman.

TO'XTANG! Keying hikoyada sayohat davom etadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Qiz, Bola, O’qib Beruvchi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 04:46 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)