Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 074 (Beating the innocent 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

74. Beayibni urish 2


Yangi o’qituvchi juda boshqacha edi. Hatto maqtanchoq Jamol ham o’qituvchining tutgan uslubidan lol edi. O’qituvchi ibodat qilganidan so’ng ikkinchi taajubli holat sodir bo’ldi.

O’qituvchi: "Agar biz yaxshi bo’lishni xohlasak, bizga yangi maktab qoidalari kerak. Sizlar ularni aytishlaringni xohlayman."

Bu Jamolning nafasini qisib qo’yganday bo’ldi. Bunday holat oldin bo’lmagan edi.

O’quvchi qiz: "Bir-birlaringdan ko’chirmanglar."

O’qituvchi: "Bu zo’r. Lekin qoidalarga rioya qilinmasa jazolanish ma‘quldir."

Jamol: "Kim ko’chirsa uch marta urib-kaltaklash."

Oy! Oldin o’quvchilar kaltak bilan jazolanardilar.

O’qituvchi doskaga boshqa qoidalarni yozdi. Bir necha hafta hamma narsa yaxshi bo’ldi. Lekin bir kuni ertalab o’qituvchi sinfxonasiga xafa bo’lib kirdi.

O’qituvchi: "Kitoblaringni yopinglar. Meda sizlarga yomon xabarim bor. Kimdir maktab qoidasini buzib Jamolning sandwichini o’g’irlabdi. Aybdor chiqib aybini tan olshi kerakmi?"

Hamma jim o’tirar edi. Birinchi qatorda o’tirgan kichik Toxir duduqlanib shunday dedi:

Toxir: "Men … Men uni o’girladim. Men … Men juda ochligimdan uni olib yeb qo’ydim. Men afsusdaman."

Toxirning ota-onasi juda kambag’al bo’lib, ko’pincha yegani ovqatlari bo’lmas edi. Hech kim uni jazolanishini xohlamas edi. Lekin o’qituvchi o’zgarmas bo’lishi kerak edi.

O’qituvchi: "Siz aybdor jazolanishi kerak degan qoidani o’rnatgansizlar, aks holda boshqa hech kim qoidalarga rioya qilmay qoyadi. Toxir sinfning o’rtasiga chiq. O’griga urush jazosi beriladi."

O’qituvchi tayoqni oldi.

Jamol: "To’xtang, u mening sendwichim. Men Toxirni kechiraman."

O’qituvchi: "Jamol, sen yaxshi ish qilyabsan, lekin jazo bo’lishi kerak."

Jamol: "Unda Toxirni o’rniga meni uring, uni urmang."

O’qituvchi: "Yaxshi. Bunday qilsa bo’ladi. Qoidalar buzilsa o’nta kaltaklash deyiladi, lekin ular kimni urishni aytmaydi."

O’shanda o’quvchilar kaltaklanishi kerak bo’lganning o’rniga aybsiz odam kaltaklanganini ko’rdilar.

Bu Jamol va Toxirning do’stlashishini boshlanishi bo’ldi.

O’shanda o’qituvchi dunyodagi har bir insonning gunoh jazosini O’ziga olgan Iso haqida gapirib berganda hammalari e’tibor bilan eshitdilar.

O’qituvchi: "Yaxshi Juma bizga Iso aybsiz bo’la turib, bizning o’rnimizga jazolanganini eslatadi. Biz hammamiz Xudoni qoidalarini buzganmiz. Shuning uchun Iso O’z xohishi bilan jazolanishga rozi bo’ldi. Iso xochda o’lganda, o’lim jazosini oldi. Kim Isoga ishonsa ozod bo’ladi va abadiy hayotga ega bo’ladi. Fisih bayrami Isoni o’limdan tirilganini va hayotligini kafolatidir."


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, o’qituvchi, o’quvchi qiz, Jamol, Toxir

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)