STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 131 (The death penalty for God’s Son)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

131. Xudoning O'g'li uchun o'lim jazosi


O’lim jazosi hukmi chiqarib bo’lingan edi. Qatl qiluvchilar tayyorlab qo’yilgandilar. Rabbiy Isoni dushmanlarining oldiga olib kelishdi.

Ular Isoning yuziga tupirdilar, Xudoning O’g’lini urdilar va hipchinladilar.

Urish bizga jazoni eslatadi. Iso bu jazolarga umuman loyiq emas edi. Iso hech qachon gunoh qilmagan edi. Shunga qaramasdan Isoni dahshatli yo’l bilan jazolashdi.

Qon oqib turgan belida U yog’ochdan yasalgan og’ir xochni Quddusning ko’chalaridan ko’tarib bordi.

Shahar tashqarisidagi Go’lgo’ta nomli tepalikda shavqatsiz askarlar Isoni xochga mixlab qo’ydilar. Iso bilan birga ikkita jinoyatchini ham mixladilar, ularning biri Isoning o’ng tomonida, biri esa chap tomonida edi.

Xochda o’lish daxshatli edi. Iso bosh og’rishi, qattiq chanqash va nafas qisilishidan qiynalar edi. U qo’rqardi.

Buning ustiga dushmanlari Uning ustidan kulishar edi.

Masxaralovchi: "Hoy, agar rostdan Xudoning O’g’li bo’sang xochdan tushchi."

Askar: "Agar Yahudiylarning Shohi bo’lsang, O’zingni qutqar."

Agar Iso O’zini qutqarishni xohlaganda, osmondan yerga tushmas edi.

U bizni qutqarish maqsadida yer yuziga kelgan, chunki U bizni sevadi. Iso hatto dushmanlarini ham sevadi.

Iso: "Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar."

Uchta xochda turganlarni tasavvur qiling. Iso bilan birga ikkita jinoyatchini ham mixlangan edilar. Iso ularning o’rtasida bo‘lib, ularning biri Isoning o’ng tomonida, biri esa chap tomonida edi. Iso ularga qo’l cho’zib turganga o’xshab ko’rinmayabdimi?

Jinoyatchi (yomon ko’rish ohangida): "Masih ekansan, O’zingni ham, bizni ham qutqarmaysanmi."

Qotil: "Jim bo’l. Xudodan qo‘rqmaysanmi? O’zing ham shu odam kabi jazoga mahkum bo‘lgansan–ku! Biz qilmishimizga yarasha adolatli jazo oldik. Iso esa hech qanday yomonlik qilgani yo’q. Ey Iso, taxtingizga o‘tirib, Shoh bo’lganingizda meni eslang."

Iso: "Senga chinini aytayin, bugunoq sen Men bilan birga jannatda bo‘lasan."

Qotil gunohini tan oldi. Shu sababdan u janatga kira oldi.

U to’g’ri aytdi: biz hammamiz gunohkormiz. Lekin Iso kechiradi va har doim qo’llarini gunohkorlarga cho’zib turadi.

Yana uchta xochni tasavvur qiling. Iso ularning o’rtasida bo‘lib, ularning biri Isoning o’ng tomonida, biri esa chap tomonida edi. Bittasi Isoga ishondi, boshqasi Isoning ustidan kuldi. Bittasi qutilib qoldi, boshqasi halok bo’ldi. Siz qaysi tarafda turibsiz?

Iso sizga qo’llarini cho’zib turibdi. Uning sevgisi sizning aybdorligingizdan buyukroqdir.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, masxaralovchi, askar, Iso, jinoyatchi, qotil

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 04:30 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)