STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 081 (Man over board 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

81. Borddagi kishi 1


Biz shaharni diqqatga sazavor joylarini tomosha qilgani ketyabmiz, yur biz bilan!

Bola: "Men soat minorani ko’rmoqchiman. Bu san’at zo’rdir."

Qiz: "Men kutubxonaga borishni ko’proq xohlayman. Men u yerda soatlab kitoblarni ko’rishim mumkin."

Bola: "Qirolning saroyi-chi. Vauv, u hashamatlidir!"

Qiz: "Men hayvonot bog’iga bormoqchiman."

Bola: "Sen u yerdagi qarindoshlaringni ko’rgani borasanmi?" (kulish ovozi)

Bir necha yillar oldin, Xudo bu shaharga qaradi. Xudo shaharni chiroyli yuzudan quvonmadi. Xudo shaharning ichidagi – hasad, urushlar, sotqinliklar va qotilliklar kabi qabihliklarni ko’rdi. Shahar aholisi huddi Xudo va Uning qonunlari yo’qdek yashardilar. Ular Yaratguvchilarini unutdilar. Bu har bir odam uchun eng yomon holatdir.

Agar Xudo hayotingizga yaqindan qarasa, nimani ko’radi?

Xudo muqaddas bo’lgani uchun gunohni jazolashi kerak. Lekin shu bilan bir paytda Xudo sevadi va ularni gunoh qilmaslikka ogohlantirishni xohlab odamlarni qutqarishni xohladi.

Xudo aytdi: "Yunus Naynavo shahriga bor. Ularning gunohlari, qabihliklari uchun Men ularni jazolashimni ularga yetkaz. Ular Meni eslaridan chiqardilar."

Yunus ketdi, lekin Naynavoga emas.

(yugurish va hansirash ovozi)

Yunus: "Naynavoga bormayman! Bizning dushmanlarimizning oldiga-ya? Jinni emasman. Ular o’lishga loyiq. Hey, anavu yerda kema turibdi ekan. Men ularga yaxshiroq to’lab, bu yerlardan uzoqlarga ketaman."

Xudodan qochish qimmatga tushadi. Yunus kemaning ichkarisiga kirib bochkalar va karobkalar orasida charchab, qattiq uxlab qoldi. Yunus gung edi. Odam Xudodan qocholadimi? Hatto yerning oxirida ham Xudo bizni ko’radi. Xudo Yunusni ham ko’rib turgan edi.

Kuchli bo’ron ko’tarildi. Kemachilar vahimaga tushib, o’zlarining xudolariga yolvordilar. Ularni qutqaroladigan Xudoni ular bilmas edilar. Kema yengillashsin, deb u yerdagi yuklarni dengizga uloqtra boshladilar. Kema boshlig’i kelib Yunusni uyg’otdi.

Boshliq: "Hoy, tur! Xudoyinga yolvor, balki U bizni qutqarar."

Yunus darhol uyg’ondi va hammasi oydinlashdi.

Dengizchi: "Sen kimsan? Qayerdan kelyabsan? Nima maqsad bilan ketyabsan?"

Yunus: "Men Yunusman. Men osmonu yerni yaratgan Xudoga ishonaman. Bu bo’ronni ko’tarilishiga men sababchiman, chunki Xudoga quloq solmadim."

Dengizchi: "Biz hozir nima qilishimiz kerak?"

Yunus: "Meni dengizga uloqtiringlar, shunda dengiz tinchlanadi va Xudo sizlarni qutqarib qoladi."

Birinchi ular bunday qilishni xohlamadilar, lekin keyin dengizchilar Yunusni dengizga uloqtirdilar (suvning chachrash ovozi).

Bu bilan Yunus o’ldimi? Yo’q! Voqea endi boshlandi.

Keyingi hikoyada u davom etadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bola, qiz, Xudo, Yunus, boshliq, dengizchi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)