Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 151 (Donkey heads are expensive 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

151. Eshak boshlari qimmatbaho 1


Atrofi qirlar bilan o’ralgan yaxshi himoyalangan Samariya shaharini tasavvur qilolasizmi? Isroil ikkiga bo’linganida Samariya shimoliy qirollikning poytahti edi.

Dushmanlar bu maxsus shaharni bosib olmoqchi bo’ldilar.

Suriyaliklar esa bu shaharni bosib olishni xohladilar. Lekin ular bunga qurol bilan erishmadilar. Ular shaharni o’rab oldilar. Atrofga pistirma qurib ko’zlarini darvozaga tikib qarab turardilar.

Shaharda istiqomat qiluvchilar yomon xabar eshitdilar. Oziq ovqat tugay boshladi. Hamma narsa sotib bo’lindi! Eshakning kallasi, yomon ashiyolar 160 dollar turar edi. Och nahor bolalar yig’lab, ko’chalarda ovqat qidirib yurishar edi.

Xalq oxirgi fursatga yetib qolgan edi. Shoh ham nima qilishini bilmasdi. Shoh Elishayni lanatladi va bu Xudoning elchisini o’ldirishga qaror qildi. Xabarchilar Elishayni o’ldirish uchun keldilar.

Elishay ular kelganida, ularga dedi:

Elishay: "Shoh, Xudoni eshiting! Ertaga arzon narhda yeyish uchun ozuqa bo’lishini va’da berdi!"

Xabarchi qo’pollik bilan javob berib dedi:

Xabarchi: "Bu mumkin emas! Xudo osmon qopqoqlarini ochib bizga ovqat beradimi?"

Elishay: "Sen ko’zing bilan ko’rasan, lekin senga bundan yeyish nasib qilmaydi."

Bu Xudodan yaxshi xabar edi, lekin xech kim bunga ishonmadi.

Ocharchilik juda kuchli edi. Lekin bu shahar darvozasida o’tirgan to’rtta moxov uchun yanada yomon edi. Ular juldur kiyingan, och nahor va moxov edilar. Ularning dahshatli tana kasalligi tufayli ular jamiyatdan haydab chqarib yuborilganlar edilar.

Ularning o’limi haqidagi yomon xabar haqida shahar eshitadimikin?

Ular umidsizlikda, uzoqqa qarab turardilar. Birdan ulardan biri shunday dedi:

Moxov: "O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?! Agar shaharga kiradigan bo‘lsak, u yerda ocharchilik bo‘lyapti, biz ham o‘sha yerda o‘lib ketamiz. Shu yerda o‘tiraversak ham o‘lamiz. Yaxshisi, Oram lashkarining qarorgohiga boraylik. Agar bizni tirik qoldirishsa, yashaymiz, o‘ldirishsa, o’lamiz."

Yuraklariga qandaydir umid keldi.

Oqshom payti ular dushman lashkarining qarorgohiga keldilar.

Juda havotirlanar edilar!

Ehtiyot bo’linglar! Jim bo’linglar!

Nima bo’lganini keying hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Elishay, Moxov, Xabarchi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)