Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 119 (Dani fell 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

119. Dani yiqildi 3


Buvisi oshxonadagi soatga qaradi. Doniyor allaqachon uyda bo’lishi kerak edi. Otasi va Anora toqqa chiqib Doniyorni qidirib kelgunlarigacha buvisi ibodat qildi.

Otasi: "Doniyor! Doniyor, bizni eshityabsanmi?"

Anora: "Dada, Latifjon bu haqida biror narsa bilishi kerak. Men tez yugirib borib undan so’rab kelaman."

Anora qo’shnining uyiga yugurib borib og’ilga kirdi. Yovvoyi mushuk bemalol chiqolishidek narvondan chiqib yig’layotgan Latifjonni oldiga o’zini tashlab:

Anora: "Doniyor qayerda? Sen unga nima qilding?"

Latifjon: "Men uni qayerdaligini bilmayman. Mendan xato o’tdi."

Anora: "Qanday xato ish qilding? Uni qayerdaligini ayt aks holda militsiyani chaqiraman."

Latifjon: "Doniyor o’ldi."

Anoraning yuzi oqarib ketdi. Keyin u Doniyor tushib ketgan chuqurlikka olib borgan Latifjonni orqasidan yugurib ketdi. Otasi bu chuqurlikka arqon bilan tushdi. Otasi tosh ustida oyo’g’i yomon singan Doniyorni topdi.

Otasi: "Doniyor tirik! U butun tanasi bilan yiqilmagan va daryoda oqib ketmagan."

Anora chuqurlikdan chiqib kelayotgan otasiga qaradi, otasi hatto mushukni ham qutqargan edi.

Xudo Doniyorning hayotini asrab qoldi. Shifoxonada yaxshi davolangan bo’lishiga qaramay Doniyor faqatgina hassa bilan yuroldi.

Anora: "Latifjon sen aybdorsan!"

Anora haq edimi? U Latifjonni yomon ko’rib brogan sari xafa bo’lib borar edi. Uning yuragida otasi kechalari o’qib beradigan Muqaddas Kitobga joy yo’q edi. Iso hammani sevishi va bizni boshqalarni yomon ko’rishimizni kechirishi Anorani qiziqtirmas edi.

Kechirim? Yo’q. Anora qasd olishni xohlar edi.

Bir kuni Anora yurib ketayotib qo’shnisining uyida yog’ochdan o’yib yasalgan to’pichoq otni (poni) ko’rib qoldi. Anora to’pichoq otni yasalganini, taqalarini hayron bo’lib tamosha qildi. To’pichoq ot juda chiroyli yasalgan edi.

Anora: "Latifjonning qo’lidan shunday ish kelishini bilmagan ekanman. U maktabdagi musobaqada birinchi o’rinni olishiga amin bo’lsa kerak. Lekin men bunga to’sqinlik qilishim kerak."

(yog’ochni yerga tushgani va oyoq bilan ezish ovozi)

Anora bu o’yma san’atni qattiq urib yerga tushirdi va oyog’I bilan tepkilab bo’laklarga bo’lib tashladi. Uning yuragida shuncha hasad bor bo’lib, endi ular chiqayotgan edi. Anoraning o’zining bu qilayotgan ishi nato’g’riligini bilardi, lekin u: ‘Latifjon mendan ko’ra yomon’ – deb o’ylar edi. Anora sekingina ketdi.

Keyingi hikoya sizga keyin nima bo’lganini aytadi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Otasi, Anora, Latifjon

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:06 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)