Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 082 (The special submarine 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

82. Mahsus suv osti kemasi 2


Bola: "Yunus bilan nima bo’lganiga qiziqyabman."

Qiz: "U aqlli ish tutib Xudoga quloq solib, Xudodan qochishga harakat qilmagandir."

Bola: "U kiyimlarini boshqa ho’l qilmagandir."

Xudo qutqarmoqchi edi – shuning uchun Yunus Naynavoga borishi kerak edi.

Agar bu sayohat Xudo uchun bo’lmaganda, hayotning tugashiga o’xshar edi. Xudo qutqarishni xohlaydi! Hatto Yunusni ham qutqarishni xohladi. Shuning uchun Yunusni qutqarib qolish uchun ‘suv osti kemasi’ni Yunus uchun jo’natdi. Katta baliq (nahang) suzib kelib Yunusni yutib yubordi.

Yunus uch kechayu, uch kunduz nahang baliqni qornida qoldi. Dengizning chuqur joyida Yunusning Xudodan qochishi nihoyasiga yetdi. Yunus qayg’uli, umidsizlik holatida Xudoni chaqirdi.

Yunus: "Egam, Sen meni dengiz bag’riga tashlading. To’lqinlar meni ustimdan bosib o’tdilar. Men o’lyabman deb o’ylagan edim. Lekin Sen meni qutqarding! Katta raxmat Senga! Sen qayerga borishni, nima qilishni aytsang men bajaraman."

Xudo har bir odamni eshitadi. Siz ruhan tushib hafa bo’lganingizda sizni ham eshitadi.

Xudo Yunusning ibodatini eshitdi va baliqqa qirg’oqqa borib Yunusni chiqarib yuborishni amr berdi.

Xudo ikkinchi marta Yunusga aytganidek, qutqarishni xohlaydi.

Xudo dedi: "Yunus, Naynavo shahriga borib Men senga aytgan narsalarni ayt."

Yunus ketdi (Yurish va shahar ko’chalaridagi shahar to’polonining ovozi).

Yunus: "Tinglanglar! Meni Xudo sizlarga yubordi. Sizlar yolg’onchi, zinokor va firibgar bo’lganlaring uchun, 40 kundan so’ng Naynavo xarob bo’ladi. Xudo hamma narsani - sizlarning qotilliklaringni va o’g’irliklaringni ko’radi."

Vahimaga tushgan xalq Yunusning gaplariga quloq soldilar. Yunusning voizligi ularning yuragigacha yetib bordi.

Ayol: "U to’g’ri aytyabdi. Biz Xudoga qarshi gunoh qildik. Biz nima qilishimiz kerak?"

Shohning amaldorlari: "Shohning farmoni! Hamma hech narsa yemasdan va ichmasdan ro’za tutsin. Gunohlaringni tan olib, Xudoni chaqiringlar. Balki Xudo bizni eshitar. Adalotsiz bo’lishni to’xtatib, yangi hayot boshlanglar."

Tasavvur qiling! Shaharning 120 000 aholisi Xudoni chaqirdilar. Ular Xudosiz yashagan hayotlariga tavba qildilar. 38, 39, 40 kunlar o’tdi. Xudo ularni jazolamadi. Xudo ularning tavba ibodatlarini eshitib, ularni kechirdi. Bu zo’r emasmi? Har bir odam Xudoni chaqirdi va kim shunday qilgan bo’lsa qutqarildi.

Bu tavba qilish bizning qishlog’imizda, shaharimizda sodir bo’lsaydi! Xudo sizni va boshqa ko’plarni qutqarishni xohlaydi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, ikkita bolalar, Yunus, Xudo, ayol, shohning amaldorlari

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)