STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 135 (The schedule 3)

This page in: -- Arabic? -- Aymara -- Azeri -- Bengali? -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi? -- French -- German -- Guarani -- Hebrew? -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Korean -- Kyrgyz -- Malayalam? -- Portuguese -- Quechua? -- Romanian? -- Russian -- Serbian? -- Spanish -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

135. Jadval 3


(ko’cha shovqinining ovozi)

Bola: "Hayot maktabi, 2 qism: chipta."

(qalaba munosabati bilan cholinadigan burg’u ovozi)

G’alaba nishonlandi. Ular burg’ularini cholganlarida qurol emas, Xudo shahar devorini qulatdi.

Xudo ular bilan birga, ular tarafida bo’lgani uchun, yaqinda ular butun yurtni egallab oladilar. G’oliblar g’alabani nishonladilar. Lekin bir odam chaylasiga yashirinib oldi. Yo’l qoidasini buzgan odamga o’xshab, bilib turib Xudoning o’g’ir-la-mang-lar degan ogohlantiruvchi belgisiga qarshi ish qildi.

Xudo dedi: "Qo’rqmanglar. Shahar sizlarniki. Lekin Mening buyrug’imga amal qilinglar: Hech kim u shahardan biror narsani olmasin, o’g’rlamasin."

Xudo nimadir haqida amr bersa U har doim uning natijasi haqida ogohlantiradi. Lekin Oxun Xudoning amriga jiddiy qaramadi.

Oxun: "Yerixo shahrining xarsang toshlari tagida nimani ko’ryabman? Ajoyib Bobil to’ni! Oltin va kumush! Men ularni bu yerda tashlab ketolmayman. Men ularni olganimni hech kim ko’rmaydi."

Uning harakatini tekshiradigan radar nazorati yo’q edi, lekin Xudoning 'video kamerasi' bularni hammasini ko’rib turgan edi. Xudoning ko’zlari Oxun hatto o’zining chaylasida xazinani ko’mayotganida ham kuzatib turar edi.

Keyingi shaharni ham bosib olishlari kerak edi. Ayg’oqchilar yaxshi xabar olib keldilar.

Ayg’oqchi: "Yoshua, Ay kichkina shahar. 300 ta askar osongina bosib ololadi."

Lekin ular mag’lub bo’lib qaytib keldilar. Orqaga qochish paytida 36 tacha askar o’ldi. Yoshua Xudoga yig’ladi.

Yoshua: "O Egam, nimaga bunday bo’ldi? Nimaga bizga yordam bermading?"

Xudo uning savoliga javob berdi.

Xudo dedi: "Sizlar gunoh qildilaring. O’g’irlik bo’ldi. Shuni to’g’irlab qo’y va keyin Men sizlarga yordam beraman."

Keyin hamma narsa oshkor bo’ldi. Oxun o’g’irligini tan oldi.

Bir kishi gunoh qildi, boshqalar esa azobini chekdi. Bu huddi agar kimdir qizil chiroqda to’xtamay o’tib ketsa boshqalarga urilishiga yoki uni o’ldirishiga o’xshaydi.

Qoidani buzgan zararni to’lashi kerak. Lekin biz Xudoga pul to’lolmaymiz. Xudoning adolati Uning amrlariga bo’ysunmaganlarga o’lim jazosini talab qiladi.

Oxunni Kulfat Soyligi degan joyda tosh bo’ron qilib o’ldirishdi.

Endi yaxshilab eshitinglar. Xudoning adolati Xudoning sevgisi hamdir. Siz va men qilgan gunohning jazosini Iso xochda o’lganida to’ladi. Agar siz uchun o’lib yana tirilgan Isoga ishonsangiz, sizni ayblovchi ‘chipta’ ngizni Xudo yirtibtashlaydi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, qiz, bola, Xudoning ovozi, Oxun, ayg’oqchi, Yoshua

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 05:00 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)