STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 126 (So close – and yet so far) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
126. Shunday yaqin – va biroq shunchalik uzoqKishi: "Men hamma narsaga egaman, lekin menga nimadir yetishmaydi. Men dunyoda qanday unga ega bololaman?" Yosh badavlat kishining hayotida nimadir yetishmagandek edi. Lekin buni hech kim payqamas edi. U omadli, qaddi-qomati kelishgan juda, juda boy odam edi. Lekin nimadir yetishmas edi. U buni bilar edi. Sizning ham hayotingizda nimadir yetishmagandek bo’ladimi? U buni o’ylayverib tinchligini yo’qotdi. U qanday bunga ega bo’la oladi? Iso javobni bilar edi. Kishi: "Valine’mat Ustozim! Abadiy hayotga ega bo’lish uchun nima qilishim kerak?" Bu unga yetishmayotgan narsa edi. U biz Isoga ishonganimizdan boshlanadigan va o’lganimizdan keyin davom etadigan abadiy hayotdir. U kishi o’shani xohlagan edi. Iso: "Agar abadiy hayotga ega bo’lmoqchi bo’lsang, unda: Zino qilma. Qotillik qilma. O‘g’irlik qilma. Yolg’on guvohlik berma. Ota–onangni xurmat qil – kabi amrlarni bajar." Kishi: "Bularning hammasiga yoshligimdan amal qilib kelaman." Siz ham huddi shundek javobni berolgan bo’lar edingizmi? Iso: "Unda bor narsangni sot, pulini kambag’allarga tarqat. Keyin kelib, Menga ergash." Yosh badavlat kishi buni eshitib, qattiq xafa bo‘ldi, chunki u juda boy edi va xafa bo’lgancha ketib qoldi. Boylik unga Iso va abadiy hayotdan ham avzal bo‘ldi. Qiz: "Odam boy bo’la olmaydimi va boy odam Isoga ergasha olmaydimi?" Albatta boy bo’la oladi. Lekin odam uchun birinchi nima muhim? Kelinglar mashq qilib ko’ramiz. Qiz: "Sham nima uchun?" Men shamni dunyoning Nuri bo’lgan Isoga taqqoslayabman. Bola: "Uni men yoqsam bo’ladimi?" (gugurni yoqish ovozi) Qiz: "Shamni yorug’ yonishini." Agar men pulni olib shamni atrofini berkitsam nima bo’ladi? Qiz: "Pul yorug’likni to’sib qo’yadi." Bola: "Men tushundim! U kishiga birinchi pul muhim bo’lgan, Iso esa keyingi o’rinda bo’lgan." Qiz: "Bu u kishini Isodan ajiratgan." U boshqacha bo’lishi ham mumkin edi. Endi men pulni shamning tagiga qo’yaman. Bola: "Endi Iso birinchi bo’lyabdi, pul esa yarqirayabdi." Birinchiga nimani qo’yishning muhimligini ko’ryabsizmi? Yosh badavlat boshqaruvchining hayotida pul birinchi o’rinda edi. Shu sababdan biz bilganimizdek u samodagi abadiy hayotni yo’qotyabdi. Bu hikoyani shunday tugashi juda achinarlidir. Sizning hayotingiz Iso bilan 'Baxtli Yakun' ga ega bolishiga umid qilaman. Hayotingizdagi Isodan oldingi o’rinda turgan narsani olib tashlab, doim Iso birinchi o’rinda turishini so’rashni davom ettiring. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, kishi, Iso, qiz, bola © Copyright: CEF Germany |