STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 125 (Deadly arrow 2) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
125. O'lik nayza 2Bitta odam to’g’risini aytishga jasorat topdi. Bir odam 400 kishiga qarshi! Mixiyo: "Shoh Axab, Xudo bu jangni xohlamaydi. Agar Xudoga quloq solmasangiz, hayotingizni xavfga qo’yasiz." Axab: "Buni eshitdilaringmi? U menga o’lim tilayabdi. Uni qamoqqa tashlanglar. Hoziroq!" Shoh Axab Xudoga quloq solishni xohlamadi. Axab Ramo’tga hujum qilishni miyasiga quyib olgan edi. Kim Xudoga quloq solmasa hayotini xavf ostiga qo’yadi. Axabning ayg’oqchisi dushmanning urush haqidagi rejasi haqida eshitib qoldi. Ayg’oqchi: "Axabga qarshi jang qilganimizda Axabning lashkariga o’q otmanglar, balki Axabni o’ziga otinglar." Lekin Axab dono odam edi. Axab: "Shoh Yohushafat, men qiyofamni o’zgartirmoqchiman, lekin sen shoh kiyimida qolaver. Biz birga jang qilgani boramiz." Shoh Yohushafat birga bordi. Baribirtushunmayman, nimaga Yohushafat Xudoning maslahatiga quloq solmadi. Odatta u har doim Xudoning yordami bilan qaror qabul qilar edi. Juda qattiq jang bo’ldi. Dushman faqat shohni o’ldirishga fikrini qaratdi. Nima bo’lganini albatta tasavvur qilolasiz. Dushman shoh Yohushafatni shoh kiyimida ko’rganida uni shoh Axab deb o’ylab, uni mo’ljallashar edi. Yohushafat hayoti uchun kurashdi. Shundan keyin u shuni tushundi: Kim Xudoga quloq solmasa hayotini xavf ostoga qo’yadi. Yohushafat o’lishiga oz qoldi, lekin Xudo dushmanlar unga boshqa o’qotishini to’xtatib qo’ydi. Bir odam bexosdan yoyini tortib qo’yib yuborgan edi, o’q to‘ppa–to‘g’ri shoh Axabga kelib tegdi. Kechga yaqin shoh Axab o’ldi. U Xudoga quloq solmagani uchun hayotini yo’qotdi. Yohushafat sog’-salomat uyiga yetib keldi. U yana Xudosiz qaror qabul qiladimi? Kim Xudosiz qaror qabul qilsa hayotini xavf ostiga qo’yadi. Shoh Yohushafat Xudosiz harakat qildi, keyin bu uchun Xudodan kechirim so’radi. Do’stlaringiz orasida kimdir Xudoga quloq solish kerak emas deb o’ylasa, unda u oqimga qarshi suzayotgan baliqqa o’xshaydi. Boshqalar nima deb o’ylashidan qat’iy nazar Xudoga quloq soling. Isoni biladigan va Uni sevadiganlardan maslahat so’rang. Kim Xudoga quloq solmasa hayotini xavf ostiga qo’yadi. Xudoga ishonish ajoyib quvonchdir, Xudo menga yaxshilikni ravo ko’rishini bilaman. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Axab, Mixiyo, Ayg’oqchi © Copyright: CEF Germany |