Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 070 (It‘s worth it)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

70. U bunga munosib


Butrus: "Qanday ovaragarchilik. Tun bo’yi baliq tutdik, tutdik birorta ham baliq tutolmadik."

Havsalasi pir bo’lgan baliqchi qayig’ini qirg’oqqa olib chiqdi. Ular tunni foydasiz o’tkazdilar. Lekin ular baribir to’rlarini tuzatar va tozalar edilar. Birdan Genisaret ko’liga olomon to’plandi. Iso shu yerda edi! Odamlar Isoni tinglashni xohlar edilar; bu har doim qadrlidir. Isoning so’zlari odamlarga dalda va yangi kuch berardi. Shunday qilib odamlar ko’payib bir birlarini itarib tiqilib kelardilar. Natijada Isoga turadigan joy qolmadi.

Iso: "Butrus, qayig’inga chiqib olay va qirg’oqdan nariga suzib borgin."

Endi hamma eshita olar va Isoni yaxshiroq kora olar edi. Iso va’zni tugatib Butrusga qarab dedi:

Iso: "Butrus, chuqurroq yerga suzib borib, o’lja uchun to’r tashanglar!"

Men bu paytdagi Butrusning yuzini ko’rishni xohlardim. Hozir baliq tutgani boramizmi? Kunduzi baliqlar issiqdan qochib, ko’lning tagiga tushib oladiku. To’rga birorta ham baliq tushmaydi. Butrus nima deyotganini bilardi. Butrus baliq savdosi bilan shug’ullanar edi.

Butrus: "Ustoz, biz tun bo’yi baliq tutib, lekin hech narsa tutolmadik."

Biz Isoga omadsizliklarimizni aytolamiz.

Butrus: "Ammo Siz aytganingiz uchun, to’r tashlaymiz."

Butrus qanday ajoyib ish qildi. U hech narsani umuman bilmas edi. Butrus Isoga quloq solib juda yaxshi ish qildi. Butrus boshqa baliqchilar bilan chuqurroq joyga suzib borib to’r tashlashdi. Mo’jiza sodir bo’ldi! Ular shuncha ko’p baliq tutishdiki, hatto to’rlari yirtila boshladi.

Butrus: "Yuhanno, Yoqub bizga yordam beringlar! Biz yolg’iz eplay olmayabmiz."

Ular do’slarini yoniga suzib kelib, ikkita qayiq to’la baliq tutdilar. U yerda baliq shunchalik ko’pligidan qayiqlar cho’kib ketay der edi. Butrus Isoni qilgan ishiga hayron qoldi. Butrus Isoni o’zidan ko’ra boshqachaligini payqab qoldi.

Butrus: "Yo, Rabbiy! Mening oldimdan ketgin, chunki men gunohkor insonman."

Endigi eng ajoyibi shundaki, Iso Butrusni tashlab ketmasdan, aksincha Butrusni kechirdi.

Siz va men ham gunohlarimizni tan olsak Iso bizni ham kechiradi.

Iso: "Butrus, qo’rqma. Bundan buyon sen insonlarni ovlaysan."

Yangi ish. Butrus Iso uchun insonlarni ovlaydi. Men o’ylaymanki Iso nafaqat super-puper odamlarni emas, balki siz va menga o’xshagan oddiy insonlarni, Butrusdek Uning so’ziga quloq soladigan va Uning so’zini amalda qo’llab, U bilan birga yashovchilarni chaqirishi bu zo’rdir.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Butrus, Iso

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)