Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 067 (Proof of Jesus)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

67. Isoning dalili


Jamila: "Bularni hammasi to’g’riligini qayerdan bilaman?"

Nima haqida so’rayabsan?

Jamila: "Iso haqida so’rayabman. Siz Isoni haqiqatdan ham Xudoni O’gliligini isbotlab bera olasizmi?"

Sen Jamila ekanligingni isbotlab berolasanmi?

Jamila: "Meni tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomam bilan isbotlay olaman. Isoda bu guvohnoma bo’lmaganligi yomon bo’lganda."

Men senga Isoning beshta tug’ilganlik haqidagi guvohnomasini ko’rsataman!

Jamila: "Isoda guvohnoma beshta bo’lganmi? Bu to’g’rimi?"

Isoning birinchi guvohnomasi Iso suvga cho’mganda osmondan ovoz kelib Xudodan berilgan.

Xudo (sado bilan): "Bu Mening suyikli O’glimdir, Unga ishoninglar."

Ikkinchi guvohnoma bu Muqaddas Ruhdir. Har bir Xudoning O’g’li haqidagi payg’ambarlikni Iso 100% ga bajardi.

Uchinchi guvohnama bu Xudoning O’gli o’liklardan tirilganligidir. U tirik. Ko’p guvohlar Isoni ko’rganlar.

Va to’rtinchi guvohnomani odamlar Isoga berganlar, Isoni tanigan odamlar shunday deydilar:

Odamlar: "Iso haqiqatdan ham Xudoning O’g’lidir."

Jamila: "Bitta guvohlik qoldIi."

Kel men senga Kanadagi bu isbotni aytib beraman. To’y bo’layotgan edi. Qishloqda to’yni kelin va kuyov bilan yeti kun nishonlashar edi. Iso va Uning shogirdlarini ham to’yga taklif qilishgan edi. Shu bilan birga odamlar Isoni Xudoning O’g’liligiga amin emas edilar.

Mehmonlar xursand edilar. Qo’shiq aytishdi, raqsga tushishdi va yeb ichishdi. Keyin vino tugab qoldi. Ichgani hech narsa qolmadi.

Jamila: "Qanday sharmanda!"

Maryam buni birinchi bo’lib payqab qoldi. U bu haqida Isoga aytdi va Iso xizmatchilarga shunday dedi:

Iso: "Xumlarni suvga to’ldiringlar."

Ular xumlarga quduqdan 160 litr suv toshidilar. Keyin nima sodir bo’ldi?

Iso: "Xumdagi suvdan ozgina olib, to’yboshiga olib boringlar. U tatib ko’rsin."

To’yboshi sharobga aylangan suvni tatib ko’rib, tezgina kuyovni chaqirtirdi.

To’yboshi: "Bu sharobni qayerdan oldilaring? Men bu sharobday mazali sharobni hayotimda hech ham tatib ko’rmaganman."

Iso suvni eng zo’r sharobga aylantirdi!

Bu Iso ko’rsatgan birinchi mo’jizadir. Mo’jizalar Isoning guvohnomasini isbotlab, Uni haqiqatdan ham Xudoning O’g’li ekanligini ko’rsatadi. Shogirdlar bu mo’jizani ko’rdilar va Isoga ishondilar. Xudoning O’gli uchun beshta guvohnoma. Ular men uchun yetarli isbotdir. Men Isoga ishonaman. Sizchi?


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Jamila, Xudoning ovozi, odamlar, Iso, to’yboshi

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)