STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 148 (The hardest test 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

148. Eng qiyin sinov 3


Siz qiyin testni topshirishingiz kerak bo’lgan kun o’rningizdan turgingiz kelmaydi-a? Shundaymi? To’g’ri aytyabmanmi?

Ibrohim bunday sinov vaqtini boshqacha qabul qildi. U erta turdi. U matematika fanidan yoki fizikadan test topshirmadi. Xudo uni imonini sinadi.

Xudoning ovozi: "Ibrohim!"

Ibrohim: "Labbay."

Xudoning ovozi: "Yolg‘iz suyukli o‘g‘ling Is’hoqni olib, Moriyox yeriga bor. Men senga bir tog‘ni ko‘rsataman, o‘sha tog‘da o‘g‘lingni qurbonlik qilib kuydirasan."

Xudoni bilmagan yoki Uni sevmagan kishi Xudo shavqatsiz deb o’ylaydi. Ibrohim uni sinayotgan Xudo to’g’risida bunday o’ylamadi.

Muqaddas Kitob bizga oddiy qilib aytadi: Ertasi kun Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi. Xizmatkorini va o‘g‘li Is’hoqni oldi. Olov yoqib qurbonlikni kuydirish uchun o‘tin tayyorladi. So‘ngra Xudo aytgan yerga jo‘nadi. Uch kun yo‘l yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan o‘sha joyni ko‘rdi. Ibrohim xizmatkorlariga dedi:

Ibrohim: "Sizlar shu yerda - eshakning yonida qolinglar. O‘g‘lim bilan hov anavi yerga boramiz-u, u yerda sajda qilib, shu yerga qaytib kelamiz."

Buni eshitdilaringmi? Ibrohim: Yana qaytib kelamiz. U Xudo Is’hoqni tirik qaytarib kelishiga ishonar edi.

O’g’li o’tinni ko’tarib ketdi. Otasi esa pichoq bilan cho‘g‘ni olib ketdi. Ular birga ketishdi.

Is’hoq: "Otajon!"

Ibrohim: "Labbay, o’g’lim."

Is’hoq: "Olov bilan o‘tin bor-u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zi qani?"

Ibrohim: "Qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zini Xudoning O‘zi beradi, o‘g’lim."

Ular Xudo ko‘rsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga o‘tin qaladi. So‘ngra u o‘g‘li Is’hoqni bog‘lab, qurbongohdagi o‘tinlar ustiga yotqizdi. Ibrohim pichoqni oldi.

Farishta: "Ibrohim! Ibrohim!"

Ibrohim: "Labbay."

Farishta: "Bolaga zarar berma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qo‘rqar ekansan. Sen hatto yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamading."

Ibrohim u yerda qiyin sinovdan o’tdi.

Xudo bundan keyin ko’p yillardan so’ng, Isoga ishonishimiz orqali Uning bolalari bo’lishimiz uchun Xudo Moriyox yeridan 100 chaqirim uzoqlikda O’zining yagona O’g’li Isoni qurbon qildi. Siz hoziroq men bilan ibodat qilishni xohlaysizmi? 'Rabbiy Iso, men Senga Ibrohim ishonganidek ishonmoqchiman. Shunday imoni bor odamga nima bo’la olar ekan?! Senga ishongan odamga hamma narsa yaxshilikka aylanadi. Hatto sinov ham.'


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ibrohim, Xudoning ovozi, Is’hoq, Farishta

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 07:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)