STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 102 (Out in the open 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

102. Tashqarida 2


Chaqaloqning hali ham tirik ekanligi mo’jiza edi. Fir’avn hamma Isroillik chaqaloqlar Nil daryosiga tashlansin degan buyruq bergan edi. Lekin fir’avnning qizi Nil daryosida savatdagi chaqaloqni topib olganda unga rahmi keldi. Malika chaqaloqning onasiga boqib enagalik qilishga bergani uchun onasi bir necha yil chaqaloqqa g’amho’rlik qildi.

Muso (bola): "Oyi nimaga men siz bilan boshqa qololmayman? Siz men bilan borasizmi?"

Onasi: "Yo’q asalim, men sen bilan borolmayman. Lekin men har doim sen haqingda o’ylayman."

Muso (bola): "Men siz bilan qolishni xohlayman."

Lekin ular bir-birlari bilan hayrlashishlariga to’g’ri keldi.

Malika bolani o’g’il qilib oldi va unga Muso deb ism berdi.

Muso eng yaxshi maktabga bordi va qattiq o’qidi. U xurmatga sazavor edi. Muso boy odamga aylandi.

Lekin yuragida Xudoga tegishli xalqni hech qachon esidan chiqarmagan edi. Misrda 300 yildan beri qullikda yashayotgan odamlarni esidan chiqarmas edi.

Muso: "Men Shohning o’g’liman. Men menda xohlagan hamma narsam bor. Men juda boyman. Lekin buni menga qanday foydasi bor. Yuragimda xalqimga yordamim kerakligini sezaman."

Muso hamma narsani Xudoning xohishiga topshirdi. Muso xurmatga sazavor bo’lishdan ko’ra rad qilingan bo’lishni, shahzoda bo’lishdan ko’ra qul bolishni avzal ko’rdi.

Shuning uchun u saroyni tark etdi. Keyinroq u Misrlik bitta Isroillikni urayotganini ko’rib qoldi. Muso atrofga qarab hech kim yo’qligiga amin bo’lib, Misrlikni urib o’ldirdi va qumga ko’mib qo’ydi. Xudo xalqini qullikdan qutqarishda Musodan foydalanishni xohlardi, lekin bunday emas.

Odamlar buni bilib qoldilar. Fir’avn ham buni bilgach Musoni o’ldirmoqchi bo’ldi. Shuning uchun Muso boshqa yurtga qochib ketdi. Endi juda kech bo’lgan edimi? Xudo Musodek qotilni ishlatolarmidi?

(qo’ylarning marash ovozi) Muso 40 yoshigacha boshqa odamning qo’ylarini boqdi. U qo’ylarni yaylovga olib borib boqqanda unda o’ylash uchun ko’p vaqt bo’lar edi.

U Xudoni, Xudo esa uni esidan chiqarmagan edi.

Birdan Muso qotib qoldi.

Muso: "Bu mumkin emas! Mumkin emas! Yonayotgan buta. Olovda yonayotgan buta. Lekin buta umuman yonmayotgani g’alati."

Yonayotgan butaning siri keying hikoyada aytiladi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Muso (bola), onasi, Muso

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 01:54 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)