Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 041 (The Chief and Jesus)
41. Boshliq va Iso
Xizmatchi qo’lidagi chopqisi bilan jungli butazorlaridan yo’l ochib kelardi. Quyosh osmonda chaqnab turardi. Va nihoyat u Indies qishlog’iga yetib keldi. Ularning boshlig’i uni iliq kutib oldi.
Oldin birorta oq odam bu qabilaga Iso haqida aytgani kelmagan. Do’mbaralar cholinib hamma Indieslar bir yerga to’plandilar. Xizmatchi quvonch bilan boshladi.
Xizmatchi: “Xudo meni bu yerga sizlar qanday jannatga borish yo’lini bilib olishlaring uchun jo’natdi.”
Boshliq bu xushxabarni eshitib xursand bo’lib ketdi. Turib bir narsa bergani ketdi.
Boshliq: “Boshliq Xudoga buqani beradi.”
Keyin u ko’p Xudo haqida eshitdi.
Xizmatchi: “Xudo sizni sevadi va Unga kelishingizni xohlaydi. Lekin Xudo muqaddasdir va sizning gunohingiz Unga kelishingizga to’sqinlik qiladi. Gunohkorlar jannatga kira olmaydilar.”
Buni eshitgan Indieslar g’amga botdilar, chunki bu to’g’ri edi. Ular o’g’irlik qilardilar, yolg’on gapirar edilar va o’ldirar edilar. Ular shuning uchun uyaldilar.
Xizmatchi: “Qayg’urmanglar. Xudo sizni sevadi. U sizni gunohlaringni kechirishni xohlaydi.”
Bundan xursand bo’lib Boshliq o’rnidan turib, borib chiroyli to’shagni olib keldi.
Boshliq: “Boshliq uni Xudo sevishidan xursand, shuning uchun u Xudoga to’shakni beradi.”
Xizmatchi: “Xudo O’zini O’g’lini dunyoga yubordi, toki U hamma odamlarni gunohi uchun to’lov tolasin.”
Xudo ko’p narsani bajaribdi! Boshliq uning eng qimmatli narsasini olish uchun ketdi.
Boshliq: “Boshliq Xudoga otini beradi. Endi menda Xudoga bergani hech narsam qolmadi.”
Rostdanmi, boshqa hech narsa qolmadimi? Xizmatchi yana dedi:
Xizmatchi: “Xudoning O’g’li Iso sizning gunohlaringiz uchun O’z xohishi bilan xochda o’ldi. U sizni sevadi. Isoga ishoning va U sizni gunohlaringizni kechiradi va siz jannatga borasiz.”
Boshliq quvonib ketdi.
Boshliq: “Oh, men Xudoga yana nima berishni bilaman. Men Xudoga yuragimni beraman va men uchun o’lganiga ishonaman.”
Ko’plar ham shunday qildilar va xursand bo’lib palatkalariga qaytdilar.
Siz ham shunday tavba qilib xursand bo’lishni xohlaysizmi? Boshliqni namunasiga o’xshab Rabbiy Isoga ishoning.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, xizmatchi, Boshliq
Copyright: CEF Germany