Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 105 (The sign on the door 5)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

105. Eshikdagi belgi 5


Ertalab yuk mashinasi uy oldiga kelib to’xtadi.

Bola: "Oyi, ular kelishyabdi."

Onasi: "Qushingning qafasini ko’tarolasanmi?"

Bola: "Aziza eshitdingmi – biz ko’chyabmiz (qushning sayrashi)! Xursandmisan? Men allaqachon hayojonlanyabman."

Kattalarning esa ko’chishdagi tashvishlari tugamas edi.

Unda bitta oila emas, balki butun xalq ko’chganda bu qanday bo’ladi?

Ular qullik ostida bo’lishdan qutilib Misrni tark etishni xohlar edilar. Lekin fir’avn ularni ketishiga ruxsat bermadi. Fir’avn ularni qoldirdi. Isroilliklar qattiq ishlashlari kerak edi. Ular tunu-kun Xudoga faryod chekishardi. Xudo ko’p mo’jizalar qildi, lekin fir’avn yuragini tosh qilib oldi. Xudo Musoga topshirig’ini yana qaytarib aytdi.

Xudo dedi: "Muso fir’avnning oldiga bor. Bugun tunda butun Misr bo’ylab yuraman va har oilaning to’ng’ichi o’ladi."

Kechqurun Isroillik bola otasini qo’y so’yayotganini ko’rdi.

Yoshua: "Dada, nimaga qo’y o’lishi kerak?"

Otasi: "Yoshua, sen yashashing uchun qo’y o’lishi kerak. Xudo shuni xohlaydi."

Otasi qo’yning qonidan olib uy eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga surtdi.

Otasi: "Qon belgi ma’nosini bildiradi. Xudo bugun kechasi uyimiz tepasidan o’tganda qonni ko’rib bizni qutqarib qoladi."

Yoshua: "Meni qo’yga rahmim kelyabdi, lekin u meni hayotimni saqlab qolar ekan."

Har bir Isroillik uyining eshigi kesakisining yonlariga va tepasiga qon surtib chiqdi.

Otasi: "Yoshua, endi ichkariga kir, allaqachon qorong’u tushdi. Kiyinib ol. Biz tayyor bo’lib turishimiz kerak."

Ular turgan holda ovqatlanib oldilar. Tunda ular yig’I ovozini eshitdilar. Har bir Misrlikning uyida to’ng’ich o’g’li o’lganedi.

Fir‘avn: "Tez Misrdan chiqib ketinglar. Sizlarga tegishli hamma narsani olib ketinglar. HOZIROQ KETINGLAR!"

Milliontadan ko’p kishilar, ayollar va bolalar Misrni kechasi tashlab chiqib ketishga tayyor turgan edilar.

Yoshua ham Misrni tark etdi. Otasi uni qo’lidan ushlab olib ketdi. Eshik kesakisidagi qon ularni himoya qildi va hayotlarini saqlab qoldi.

Xudo qutqarishni xohlaydi. Xudo o’limni emas, hayotni xohlaydi.

Rabbiy Iso jarohatlanib xochda o’ldi. Isoning qoni Xudo bizni abadiy o’limdan qutqarib qolishni xohlaganini belgisi bo’ldi. Shuning uchun Iso aytdi: 'Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi' (Yuhanno 11:25).


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, bola, onasi, Xudoning ovozi, Yoshua, otasi, fir’avn

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on August 17, 2022, at 02:52 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)