Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 110 (Only 8 and already King)
110. Faqat 8 va Shoh
(fuqorolarning norozilikdan ko’tarilish ovozi) Shoh Omonga qarshi norozilik.
Omon ismi sodiq va ishonchli ma’nosini beradi. Lekin Omon bunday emas edi. Ayniqsa uning Xudo bilan munosabati yo’q edi. U tosh va yog’ochdan yasalgan butlarga sig’inardi. Butlarga sig’inish Xudoga nisbatan dahshatli haqoratdir.
Xizmatchi: "Biz uni o’ldiramiz. U o’zining xonasida."
(eshikni ochilishi, odamlarning baqir-chaqiri, to’polon, tartibsizlik ovozi)
Shoh Omon xizmatkorlari tomonidan o’ldirildi va uning o’g’li shoh bo’ldi.
Siz Yo’shiyo haqida eshitganmisiz? U 8 yoshida shoh bo’lgan. U otasi qilganidek Xudoni xafa qildimi? Yoki u Xudoni sevdimi?
Muqaddas Kitob Yo’shiyoni hayotini ajoyib tasvirlaydi: Yo’shiyo Xudoni mamnun qiladigan ishlar qilgan.
Siz ham Xudoni mamnun qiladigan ishlar qilasizmi? Xudoni mamnun qiladigan ishlar qilish hayotingizni shiori bo’lishi kerak, chunki Iso bizning Xudoni mamnun qilmaydigan oldingi qilgan hamma ishlarimizni kechiradi. Siz Isodan kechirim so’rashingiz mumkin. Iso sizni eshitadi.
Yo’shiyo Xudoni sevdi. Katta bo’lganida o’sha yurtdagi barcha butlarni yo’q qildi. Xudoga qarshi hamma narsa yo’q qilindi.
Siz ham hayotingizni tozalashingiz kerak emasmi? Yomon kino va jurnallarni?
Xudoga qarshi krovatingizning tagidagi va shkafingizning ichidagi narsalarni tozalashingiz kerakmi?
Yo’shiyo narsalarni tartibga soldi. U buni chin dildan qildi, chunki u Xudoni sevdi.
Yo’shiyo: "Ma’badga qara, Xudoning Uyi xarob bo’lib ketibdi. Bu Xudoni xafa qiladi. Qurilish hom-ashiyolarini sotib olib ishni boshlanglar!" (qurilish bo’layotganining ovozi)
Ruhoniy: "Qaranglar nima topib oldim. Burchakdan Egamizning Muso orqali bergan Tavrot Kitobini topib oldim. Yuringlar biz buni shoh Yo’shiyoga berishimiz kerak."
Xudoning Kalomi Muqaddas Kitob burchakda yotgan edi. Xudo ularning hayotida birinchi o’rinda turmaganligi ajablanarli emas edi.
Ruhoniy: "Shoh Yo’shiyo, biz bu Kitobni topib oldik."
Shoh Yo’shiyo: "Ularni baland o’qing."
Shoh Xudoni Uni butun qalblari bilan sevmaganlarni nima qilganini eshitdi. Qo’rqib ketib, yerga yiqildi va yig’lay boshladi. U uning xalqi Xudoni juda xafa qilganlari uchun juda afsuslanib kechirim so’radi.
Bundan so’ng tez orada Xudo unga dedi:
Xudo: "Men bu shaharni jazolamoqchi edim, lekin siz Meni sevganingiz uchun sizlarni jazolamayman."
Shoh Yoshiyo kattalarni chaqirtirib Xudoni sevishlarini va hayotlarida Xudoga birinchi o’rinni berishlarini so’radi.
Bu taklifni siz ham qabulqilasizmi?
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Yo’shiyo, ruhoniy, Xudoning ovozi
© Copyright: CEF Germany