Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 016 (Gone without a trace 1)
16. Izsiz ketgan 1
Qanday katta qidiruv jarayoni! Ular uni qidirib hamma joyni qarab chiqdilar. Lekin foyda bo’lmadi. Ular uni qidirib O'rdun daryosini qirg’oqlarini; shaharni; tog’larni qaradilar. Lekin hech qayerdan uning hatto izini ham topolmadilar.
Ellikta odam bu uch kunlik qidiruvda ishtrok etdi. Lekin hech kim uni ko’rmadi, hech kim u haqida ma’lumot berolmadi. Ular uni topolmadilar. Kim u? Siz uni kimligini topolasiz. Siz albatta uning ismini hech bo’lmaganda bir marta eshitgansiz.
U haqida muhim ma’lumotlar:
Kelib chiqishi: Tishba shahri
Ishi: payg’ambarlik
U Xudoning So’zini gapirgan va hamma u payg’ambarlik qilgan narsalar bajo bo’lgan.
Qo’rqmasdan u shohning gunohini shohga aytgan.
O’sha zamonda qarg’alar unga nonushta va kechki tushlik olib kelganlar.
Tog’da u ibodat qilganida Xudo osmondan olov tushirdi.
Uning ismining ma’nosi, ‘Xudo Egadir’.
Siz bu insonni bilasizmi?
Muqaddas Kitob ma’lumotlari sizga jovobni topishga yordam beradi.
3 Shohlar 17, 13 bobda (siz bu kitobni Muqaddas Kitobning boshlaridan Eski Ahddan topishingiz mumkin) bu insonning ismi gapiriladi.
U insonning ismini topganingizda bizga jo’nating va javobni qabul qilasiz.
Tez orada siz bu inson to’g’risida ko’proq eshitasiz.
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi
Copyright: CEF Germany