Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 109 (Who is the thief)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

109. O'gri kim


Samijonovlar oilasi tushlik qilayotgan edilar. Lola va Anvar maktabdan keldilar. Hammalari bir-birlari bilan gaplashishar edi. Lekin ularning onasi bugun juda jiddiy edi. Birdan u noqulay savol so’radi.

Onasi: "G’alati kecha karmonimda 5 ming bor edi. Bugun oziq-ovqat magazinida to’lamoqchi bo’lganimda, karmonimda pul yo’q ekan. Sizlardan kimdir uni oldimi? Anvar? Yoki senmi Lola?"

Anvar: "Lekin oyi, biz o’gri emasmiz."

Lola: "Albatta biz sizning pulingizni olganimiz yo’q."

Onasi: "Qiziq, unda mening pulim qayerga ketganiga hayronman."

Stolni yig’ishtirib bo’lishganidan keyin, Anvar va Lola uy vazifalarini bajargani ketishdi. Lekin Lolani vijdoni qiynalaredi. U hatto o’zini juda yomon his qildi, chunki onasini karmonidan pul olgan odam u edi.

Lola: "Men u pullarni o’g’irlaganim yo’q. Nimaga onam menga zirak uchun pul bermadi? Aslida, men ularni haqiqatdan o’g’irlaganim yo’q. Men ularni qarzga olib turibman halos. Men ularni bir kun qaytaraman."

Lekin bu so’zlar vijdoniga to’g’ri kelmas edi.

Yaqinda ular bolalar soatida o’g’irlik haqida gaplashishgan edi. O’g’irlikni Muqaddas Kitob gunoh deydi. Gunoh devor kabidir. U ajratadi. Lola buni juda yaxshi his qilardi. Pulni o’g’irlaganidan beri uning va onasining o’rtasida ko’rinmas devor turgandek edi. Bu devor u bilan Isoning o’rtasida ham turar edi.

Lola boshqa bunga chiday olmadi. Tushlik paytida u yolg’on gapirib yana ham yomon ish qildi. Kun bo’yi uning yuragida xursandchilik bo’lmadi. Hatto to’shagini tagiga yashirib qo’ygan ziraklaridan ham xursand bo’lmadi. Kechqurun uxlashga kirib yig’lay boshladi.

Onasi: "Lola, nima bo’ldi?"

Lola: "Men sizning pulingizni o’g’irladim. Endi aniq siz meni boshqa yaxshi ko’rmaysiz."

Onasi: "Sen qilgan ish yaxshi emas. Lekin jasorat topib bu haqida menga aytganing to’g’ridir. Sen 5 mingni to’playotgan pulingdan olib o’rniga qo’yishing mumkin. Isodan seni kechirishini so’rashni xohlaysanmi?"

Lola: "Ha. Rabbiy Iso, pulni o’g’irlaganim uchun afsusdaman. Iltimos meni kechir. Meni sevganing uchun Senga raxmat."

Katta yuk Lolaning yelkasidan tushdi. U yana xursand bo’ldi. Hammasidan ham eng zo’ri: onasi va Rabbiy Iso uni hali ham sevaredilar.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Onasi, Lola, Anvar

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 21, 2017, at 02:03 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)