STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 157 (Esther risks her life 2)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

157. Ester hayotini xatarga qo'yadi 2


Xomon nafaqat ayyor edi, u shu bilan birga mag’rur ham edi. Buyuk Fors shohi Axashverash uni yurtning ikkinchi shohi qilib tayinladi. Hamma unga tazim qilib, uni xurmat qilardi. Lekin Malika Esterning asrab olgan otasi Mordaxay unga tazim qilmas edi. Bunga Xomonning g’azabi qaynab ketdi.

Xomon: "Sen bo’ysunish buyrug’ini rad qilyabsan! Nimaga mening oldimda ta’zim qilmayabsan?"

Mordaxay: "Chunki men Yahudiyman va men faqat Xudoning oldida ta’zim qilaman."

Xomon: "Hali sen bu qilgan ishinga afsuslanasan!"

Xomon juda qattiq sharmanda bo’ldi. Yuragida shaytoniy reja paydo bo’ldi.

Xomon: "Men uni o’ldiraman. Nafaqat uni Forsda joylashgan 127 viloyatdagi hamma Yahudiylarni o’ldiraman. Men ularni qirib tashlayman."

Xomon Yahudiylar haqida shohga yomonladi va o’zining shavqatsiz rejasini amalga oshirishni shohga pora berib yutib oldi. Endi u nimani xohlasa shuni qilishi mumkin edi.

Xomon xabarchilarni otlarda jo’natdi; ular muhrlangan xatlarni har bir shaharga yetkizdilar. Hamma joyda Xomonning daxshatli buyrug’i o’qildi.

Xabarchi: "Shohning buyrug’iga ko’ra, 13 Dekabr kuni har bir erkak, ayol va bola Yahudiylar o’ldirilsin. Birortasi tirik qoldirilmasin! Har bir yahudiy yo’q qilinib, ularning mol-mulklari talon-taloj qilinsin!"

Bu buyruqdan so’ng shahar besaromjon bo’lib qoldi. Yahudiylar qanorga o’ranib yig’lab Xudoga nola qildilar.

Mordaxay saroyga zudlik o’tinch xabarini yubordi. Hozirgi holatda uning asrab olgan qizi malika Ester yordam bera olardi.

Mordaxay: "Ester, shohning huzuriga borib, o’z xalqinga rahm etishini iltijo qilib so’ra."

Ester: "Men bunday qila olmayman. Shoh o’zi chaqirmagunigacha hech kim uni oldiga borishi mumkin emas. Agar shoh chaqirmasdan uning oldiga borsam, men o’laman."

Mordaxay: "Jim bo’lma! Balki hozirgi sening Malika bo’lishing bizni qutqarilib qolishimiz uchundir."

Ester: "Men uchun duo qiling. Men shohning oldiga boraman. Agar o’lishim kerak bo’lsa o’laman!"

Esterga o’xshab Iso ham hayotini qurbon qildi. Iso biz qutqarilib abadiy hayotga ega bo’lishimiz uchun o’lishga tayyor bo’ldi.

Ester shohona eng chiroyli kiyimlarini kiydi. Taxt turgan xonaga yuragi tez-tez urgancha kirib keldi. Shoh uni kelayotganini ko’rdi. Shoh uni qabul qiladimi yoki yo’qmi …?

Men sizga keying hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Xomon, Mordaxay, Ester, Xabarchi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 08:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)