Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 071 (The cast-your-cares hint)
71. G'am-qayg'ularingizni bering
Bizda boshqa tashvish va muammo bo’lmasa yaxshi bo’larmidi?
Qiz: "Men boshqa urush bo’lmasligini xohlardim."
Bola: "Va yana avariya yoki saraton kasalligi ham bo’lmasa edi."
Qiz: "Ota-onalar ajirashishmasa edi."
Bola: "Men bolalar boshqa och yurishmasligini xohlayman."
Agar haqiqatdan ham shunday bo’lsaydi, qanday zo’r bo’lardi!
Ba’zida men ham huddi shunday bo’lishini xohlayman. Siz hammi? Lekin biz yerda yashar ekanmiz, ko’p orzular amalga oshmaydi.
Lekin menda siz uchun Xushxabarim bor: sizni tashvishlaringiz bilan yolg’iz qoldirmaydigan bir Zot bor. U Isodir! Men buni qayerdan bilaman? Butrusdan.
Muqaddas kitobda Butrusning xatlari bor va ularning birida Butrus shunday deydi: Butun tashvishlaringizni Isoga beringlar, Uning O’zi g’amxo’rlik qiladi.
Butrus boshidan o’tkazgan narsalarini aytadi. Bir kuni Butrusning qaynonasi qattiq kasal bo’lib qolibdi. U ayol qattiq istima bilan yotib qolibdi. Hech narsa yordam bermabdi. Butrus va uning xotini hamma bilgan narsalarini qo’llab ko’ribdilar, lekin foydasi bo’lmabdi.
Iso ularnikiga tashrif buyuribdi va ular Isoga muammolarini aytishibdi.
Butrus: "Iso, iltimos bizga yordam ber. Qaynonam juda ham kasal. Biz u uchun juda havotirdamiz."
Iso bizning katta va kichik tashvishlarimizni tushunadi va xursang bo’lib bizga yordam beradi. Muqaddas Kitob Iso ayolning oldiga borib, ayolni qo’lidan ushlab, ayolni turishiga yordam berganini va isitma darhol tuzalganini aytadi. Shundan so’ng ayol oyoqqa turib ketadi. Ayol so’gayib hatto hammalariga mazali taom tayyorlashga kirishib ketadi.
Sizda tashvishlaringiz bormi? Ularni Isoga ayting. Iso ibodatlaringizni eshitadi. Iso Butrusga tez javob berganidek sizga tez javob bermasligi mumkin. Lekin biz ba’zida Uning javobini kutishimizga to’g’ri kelsa ham, siz Iso hech qachon kech qolmasligini bilasiz.
Butrusning ajoyib maslahatini doim yodda tuting.
Butrus: "Butun tashvishlaringizni Isoga beringlar, Uning O’zi g’amxo’rlik qiladi."
Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, qiz, bola, Butrus
Copyright: CEF Germany