Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 146 (Speaking stones 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

146. Toshlarning gapirishi 1


Biror narsani tanlaysanmi? Muhrlarni tanlaysanmi yoki toshlarnimi? Javlonning tokchasi to’la edi.

Aziza: "Vou! Bularni qayerdan olding?"

Javlon: "Ana busini toqqa chiqqanimda topganman. Unisini esa Berlin devoridan topganman. Buni tog’am Misr Qirolligi vodiysidan olib kelgan."

Aziza: "Hammasini shakli, rangi har xil ekan."

Javlon: "Toshlarni ko’pi menga bir hikoyani eslatyabdi."

Ibrohim payg’ambar ham toshdan bir narsa qurgani haqida bilasizmi? Albatta Ibrohim payg’ambar buni tokchasiga qurmagan, chunki u tokchaga sig’mas edi. Ibrohim 4000 yil oldin yashagan va xotira bo’lishi uchun aniq bir joyga toshlardan narsa qurgan.

Aziza: "Nimaga?"

Hammasi tirik Xudo u bilan gaplashganidan keyin boshlandi.

Xudoning ovozi: "Ibrohim! O‘z yurtingdan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga bor."

Ibrohim Xudoni ko’rmadi, lekin Uni aniq eshitdi va nima qilishni bildi: hamma narsani Xudoning qo’liga berdi. Xudo insonga boshqa yaxshiroq narsa bermoqchi bo’lsa, undan nimadir qilishni so’raydi.

Xudoning ovozi: "Men senga yangi yurtni ko’rsataman va sendan buyuk xalq yarataman. Seni barakalayman va sening noming ulug‘ bo’ladi."

Garchi yo’lni qayaerga olib borishini bilmasalar ham, Ibrohim va xotini yurtlarini tashlab chiqib ketdilar. Chunki Ibrohim Xudoga ishonar edi, u Xudoga bo’ysinuvchan edi.

Ko’p yurishgandan keyin Ibrohim hozirgi Isroilga keldi. Ibrohim undan keyinroq bizning qutqaruvchimiz Iso keladigan buyuk xalq paydo bo’lishini tasavvur qildimi?

O’sha o’zga yurtda Ibrohim yana tanish ovozni eshitdi.

Xudoning ovozi: "Mana shu yurtni sening zurriyotingga beraman."

Endi Ibrohim aniq amin edi. Bu to’g’ri yo’l edi. Ibrohim maqsadida to’g’ri ketayotgan edi.

U birinchi bo’lib qurbongoh qurdi. U Xudoni va Xudoning va’dalarisini eslatishi uchun toshdan qurbongoh qurdi.

Keyin janubda xotira toshini o’rnatdi.

Sizning xonangizda qancha tosh to’plami bor? Ularning har biri sizni hayotingizdagi Xudo bilan bo’lgan munosabatingizni eslatib turadi – masalan, Xudo ibodatingizga javob berganini yoki Xudo sizni saqlaganini – o’shanda siz kichkina toshni tokchangizga qo’ygansiz. Bu toshlar sizga Xudoni eslatib turadi va Xudoga ishonishga va U bilan yashashga daldalantiradi.

Ibrohihimga keyin nima bo’ldi? Bu haqida keying hikoyada eshitasiz.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Aziza, Javlon, Xudoning ovozi

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 12, 2017, at 07:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)