STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 046 (How to become a child of God 5) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
46. Qanday qilib Xudoning bolasi bo'lish 5Falokat Gaitida yomon bo’ldi. Bo’rondan keyin tog’dan katta toshlar qulab qishloqni bosib qoldi, faqat TiFam sog’ qoldi. Xudo uning hayotini saqlab qoldi. Beg’araz yordam shifoxonasida TiFam tez tuzalib ketdi. Hamshiralar TiFamni yaxshi ko’rar va uni tez tuzalyotganidan xursand edilar. Hamshira: "TiFam sen yaxshi bo’lib boryabsan. O’qishni va yozishni o’rganishni xohlaysanmi?" TiFam: "Ha, xohlayman. Lekin kitobdan qo’rqaman.” Hamshira: "Sen Muqaddas Kitobdan qo’rqma. Unda biz Iso bolalarni yaxshi ko’rishi haqida o’qiymiz.” Bundan so’ng TiFam har kuni xizmat maktabiga bordi. Darslarda u quloqlarini berkitib olardi, lekin ba’zida baribir sekin bolsa ham eshitib qolardi. U o’qituvchi “Xudoning farzandi” deb nima demoqchiligini tushunmas edi. TiFam tezgina bo’ynidagi tumorini ushlab oldi. Bir qiz uning ustidan kulib yubordi. TiFam qo’rqib ketib sinfdan yig’lagancha yugurib qochib chiqib ketdi. Hamshira: "TiFam, nimaga yig’layabsan?” TiFam: "Men buni tushunmayabman. Qanday Xudoning farzandi bo’la olishim mumkin?” Hamshira: "Muqaddas Kitobda kimki Isoga ishonsa va Undan uning hayotini Rabbisi bo’lishini so’rasa, o’sha odam Xudoning farzandi bo’ladi deb yozilgan." TiFam: "Agar men shunday qilsam, otam meni jazolaydi. Men qo’rqaman." Hamshira: "U ham bir kun kelib Xudoning O’g’liga ishonishi uchun ibodat qilamiz." TiFam dalda olib ibodat qildi. TiFam: "Rabbiy Iso, men Senga ishonaman. Mening gunohlarimni kechir va hayotimga kel." Hamshira: "Endi sen Xudoning farzandi bo’lding. Va Iso sen bilan har doim birga bo’ladi." TiFam (xursand bo’lib): "Men Xudoning farzandiman!" Bir muncha vaqtdan keyin otasi TiFamni olib ketgani keldi. Unga sovg’a qilib Muqaddas Kitob berishgan edi. Otasi unga shubhali jahli chiqib qaradi va uyga kelgungacha hech narsa demadi. Orestil: "Sen ham Isoga ishondingmi?” TiFam: "Ha, ota Men Xudoning farzandiman. Iltimos siz ham Isoni hayotingizga qabul qiling. Muqaddas kitobda agar siz shunday qilsangiz Xudoning farzandi bo’lishligingiz yozilgan.” TiFam boshqa bir narsa deyishga ulgurmadi. Otasi Muqaddas Kitobni olib bo’laklarga yirtib shomolga irg’itib yubordi. Va keyin-chi? Keyingi hikoya nima bo’lganini aytadi. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Hamshira (xizmat joyidagi), TiFam, Orestil Copyright: CEF Germany |