Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 059 (Tears on Christmas 1)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

59. Masihning tug'ilishidagi ko'z yoshlar 1


Masihiy maktab tugagach hamma ketishga tayyor turar edi. Lola Mavlud bayrami ta’tilini rosa kutgan edi. Otasi kelib uni olib ketdi. Uygacha moshinada uzoq yurishdi. Lola ko’p narsalar haqida o’yladi.

Lola: "Ota, Nargiza meni yana tanirmikan? Hasan nima qilyabdi?"

Lola uka-singillarini, mushuk va itini ko’rishidan juda xursand edi.

Ular qishloqqa yetib kelgach, oynaning oldida yonib turgan shamni ko’rdilar. Tashqarida bu nurni atrofida pashshalar uchardi. Quduqdan suv olib kelayotgan qizlar baqirib, shunday dedilar:

Qizlar: "Salom, Lola! Qaytib kelganingdan xursandmiz. Qandaysan? Maktabing haqida bizga aytib berasanmi?"

Lola: "Ha. Lekin ertaga aytib beraman. Hozir kech bo’ldi. Kelinglar biznikiga."

Onasi Lolani yaxshi ko’rgan taomini tayyorlab qo’ygan edi. Ular ko’p narsalarni gaplashishmoqchi edilar. Lolani ketganiga ancha bo’lib, bunga ancha ko’nikib qolishgan edi. Lekin bitta farq bor edi! Lola tezroq uxlashni o’ylardi.

O’shanda Mavlud bayrami edi. Qishloqdagi hech kim uni nishonlamas edi. U yerda Isoni sevadigan yolg’iz Lola edi. Lola Mavlud bayramini nishonlashni xohlar ediyu, lekin qanday nishonlashni bilmas edi.

Lola: "Menda bir fikr bor. Men ertaga erta turib Muqaddas Kitobimni o’qiyman."

Lola shunday qildi. Uydan chiqib qirga bordi. U yerda yolg’iz o’tirib Maryam, Yusuf va chaqaloq Iso haqida o’qir edi.

Lola: "Iso kelgan bo’lsa ham, lekin Uni xalq tan olmabdi. Rabbiy Iso Baytlahmga borsa u yerda ham eshiklar yopiq bo’lgan, bugun ham yuraklar Iso uchun berk."

Lola o’n yoshida Isoni hayotiga taklif qildi va Isoga uning Rabbiysi va Najotkori kabi ishondi.

Hasan: "Lola, men seni qidirib yuribman. Nimani o’qiyabsan?"

Agar Lola ukasiga Muqaddas Kitob hikoyasini aytib bersa ukasi Lolani chaqib beradimi? Buning natijasi yomon bo’ladi. Lekin Lola baribir shunday qildi. Butun dunyoda Mavlud bayrami qo’ng’iroqlari cholindi, shu paytda Lolani ukasi birinchi marta Iso haqidagi hikoyani eshitdi.

Mavlud bayrami ajoyib boshlandi, lekin kunni oxirida ko’z yoshlar to’kiladi. Nimaga? Men sizlarga keying hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, qiz, Lola, Hasan

Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 10, 2017, at 08:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)