STORIES for CHILDREN by Sister Farida(www.wol-children.net) |
|
Home عربي |
Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 025 (The saddest story) This page in: -- Albanian -- Arabic? -- Armenian -- Aymara -- Azeri -- Bengali -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- Farsi -- French -- Fulfulde -- German -- Greek -- Guarani -- Hebrew -- Hindi -- Indonesian -- Italian -- Japanese -- Kazakh -- Korean -- Kyrgyz -- Macedonian -- Malayalam? -- Platt (Low German) -- Portuguese -- Punjabi -- Quechua -- Romanian -- Russian -- Serbian -- Slovene -- Spanish-AM -- Spanish-ES -- Swedish -- Swiss German? -- Tamil -- Turkish -- Ukrainian -- Urdu -- UZBEK
DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar
25. Eng achinarli ertakKim umuman tug’ilgan kunini nishonlamaganini bilasizmi? Odam Ato va Momo Havo! Ular Xudo ularni yaratgani uchun tug’ilmaganlar. Lekin ular har kuni tug’ilgan kunlarini nishonlayotgandek baxtli edilar. Ular Xudo bilan yashar edilar. Ular Xudo bilan gaplashar va Uning ovozini eshita olar edilar. U yerda hech qanday urush yoki kasallik yoki havotir yo’q edi. Xudo ularga ko’p narsani berdi va dedi: Xudo dedi: “Siz bog’ning o’rtasidagi daraxtd mevasidan boshqa hamma mevadan yeyishingiz mumkin. Bu mevaga hatto tega ko’rmang, aks holda o’lasizlar.” Shu daraxtdan boshqa hamma narsa ularga tegishli edi. Odam Ato va Momo Havo Xudoni sevdilar va Unga quvonch bilan bo’ysundilar. Lekin kimningdir Xudo bilan yaxshi munosabat qilishini umuman yoqtirmaydigan bittasi qattiq ovozda gapirdi. Bu shayton edi. U oldin farishta edi. U mag’rurlanib ketib Xudoday bo’lishni xohladi va shuning uchun osmondan tashlab yuborildi. Shayton: “Xudo rostdan ham ‘bu mevadan yemanglar’ deb aytdimi?” Momo Havo: “Biz bu daraxt mevasidan boshqa hamma mevadan yeyishimiz mumkin. Bu mevadan yesak biz o’lamiz.” Shayton: “O’lmaysizlar.” Xudoning dushmani oldindan yolg’onchidir. U Xudoning so’zini chalkashtirib shubhani uyg’otadi. Momo Havo Xudoning buyrug’ini yuragidan bilardi, lekin, u baribir vasvasachi shaytonga quloq soldi. Momo Havo daraxtga qarab mevani yoqtirib qoldi, shunday qilib u mevadan olib yedi va oldida turgan Odam Atoga ham berdi. Bo’ysunmaslik bu gunohdir va gunoh yomon natijalarni olib keladi. Keyin oldin bo’lmagan narsalar sodir bo’ldi. Xudo dedi: “Odam Ato, qayerdasizlar?” Xudo ularni chaqirganida ular qo’rqib ketib yashirindilar. Ular uyalar edilar. Gunoh bizni xursand qilmaydi va adolatli Xudo ularni jazolashi kerak edi. Gunohning evazi o’limdir; bu Xudodan abadiy ajirash degani. Odam Ato va Momo Havo jannatni tark etishlari kerak edi. Dunyodagi eng yomon narsa sodir bo’ldi: gunog dunyoga kirib keldi. Shu paytdan boshlab hamma inson gunohkordir. Lekin bundan keyin ham bizni gunohimizni O’ziga oladigan, buning o’rniga bizga yangi yurak beradigan Najotkorni yuborshni va’da bergan Xudo sevgidir. Keyingi hikoyada men sizga Najotkorni kimligini aytib beraman. Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, shayton, Momo Havo, Xudoning ovozi Copyright: CEF Germany |