STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 145 (If I had 1000 lives 6)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

145. Agar menda 1000 hayot bo'lganida 6


Kema qirg’oqqa keldi. Halimjon kemadan tushdi.

Angliyadagi shifokorlar Halimjonni shifolash uchun juda g’amho’rlik qildilar.

Shifokor: "Janob Halimjon siz Hitoyga boshqa qaytib borolmaysiz."

Halimjon: "Agar Xudo meni shifolashni xohlasa, meni shifolaydi."

Hitoyning katta xaritasi devorda osig’liq turaradi. Halimjon kartaga qarab Iso haqida eshitmagan ko’plab Hitoyliklarni o’ylab yig’lardi.

Halimjon ko’pincha bu hikoyani aytib berardi:

Halimjon: "Men Sung Kian Funi kemada sayr qilganman. Qirg’oqda Butrus turardi. Biz u bilan Iso haqida gaplashdik, keyin yotog’imga qaytganimda, birdan kimningdir baqirib suvga tushib ketganini eshitdim. ‘Yordam! Yordam beringlar!’ Men u yerda baliq ovlayotgan baliqchilarni chaqirdim. Lekin ular bunga javoban: ‘Bizning vaqtimiz yo’q. Biz baliq ovlayabmiz. Bizga to’laysizmi?’ Men ularga to’lashni va’da qildim. Men ulardan ular kelib, yordam berishlarini uzoq so’radim. Ular Butrusni suvdan chiqarib olishdi. Men uni tiriltirishga harakat qildim, lekin kech bo’lgan edi. Butrus o’lib bo’lgan edi. Agar baliqchilar sovuqqon bo’lmaganlarida Butrus qutqarib qolingan bo’lardi."

Qanday dahshat!

Halimjon odamlarni qutqarilishini xohlardi. Ayniqsa ularni gunohlaridan qutqarilishlarini xohlardi. Lekin u kasal edi.

Halimjon: "Rabbiy Iso, iltimos odamlar Senga ishonishlari va qutqarilishlari uchun beshta xizmatchilarni Hitoyga yubor."

Uning ibodatiga jabob bo’ldi. Lekin ko’p aholili Hitoyliklar uchun beshta xizmatchi nima bo’ladi? Halimjon 24ta, 100ta, 1000ta xizmatchilar uchun ibodat qildi! Xudo uning ibodatiga javob berdi.

Buni men Halimjondan o’rganganman: Isoga muhtojligingiz haqida aniq ayting va Iso buni ta’minlashiga ishoning. Iso bizga bajonidil g’amho’rlik qiladi. Iso bizning ibodatlarimizni eshitadi.

Halimjon yana tuzaldi va yangi xizmatchilar bilan Hitoyga bordi.

1chi Ayol: "Aqlingiz joyidami, bu yerda qoling!"

2chi Ayol: "Bu yerda siz ko’p pul topasiz. Siz tez orada unitilinib, Hitoyda och qolasiz."

Halimjon: "Unitilinib? Xudo O’zining bolalarini hech qachon unitmaydi!"

Xudo hech qachon Halimjonni unitmadi.

Halimjon: "Agar men 1000 marta yashaganimda, 1000 marta xizmatchi bo’lgan bo’lardim."

Siz ham xizmatchi bo’lishni xohlaysizmi? Men sizga shuni va’da beraman: siz millioner bo’lmaysiz va ko’pincha qiyin bo’ladi. Lekin shunga qaramay: Isoni xohishini bajarishdan va har bir holatda Isoga ishonishdan boshqa zo’r narsa yo’qdir.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Halimjon, Shifokor, 1chi Ayol, 2chi Ayol

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 06:32 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)