STORIES for CHILDREN by Sister Farida

(www.wol-children.net)

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 114 (An angel came)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

114. Farishta keldi


Ma’mur qiziqarli kitobni maza qilib o’qib polos ustida yotgan edi. (esik qo’ng’irog’ini chalinishi)

Ma’mur: "Shu paytda kim kelgan bo’lishi mumkin?" (eshikni ochilish ovozi)

Ma’mur: "Avaz, bu senmisan? Qayerdan kelyabsan?"

Ma’murning xursandchiligi ischiga sig’may, tili aylanmay qoldi. Uning eng yaqin do’sti ikki yil oldin ketgan bo’lib, o’sha vaqtdan beri bir-birlarini ko’rmagan edilar.

Isroildagi yosh qizning uyiga kutilmaganda mehmon tashrif buyurdi.

U mehmon ogohlantirmasdan kirib keldi. Birdan u qizning oldida farishta paydo bo’ldi!

Bu Xudoning qandayligini bildiradi. Xudo birdan keladi. Hech kim Xudoni kutmaganida U keladi. Maryamamni vahima bosdi.

Farishta: "Qo’rqma Maryam. Xudo seni sevadi."

Xudo bizning oldimizga keladi va gaplashadi. Xudo bugun ham shunday qiladi. Xudo biz bilan O’zining Kalomi orqali gapiradi. Ba’zida Xudo mo’jizalar orqali yoki boshqa odamlar orqali ham gapiradi. Muqaddas Kitob bo’lmagan paytda Xudo odamlarga ko’proq tushlari orqali yoki farishtalar orqali gapirgan.

Farishta: "Maryam, Xudo sen bilan. Sen homilador bo‘lib, o‘g’il tug‘asan. Uning ismini Iso qo‘yasan."

Maryam: "Bu qanday bo’lishi mumkin? Men turmushga chiqmaganman, meni erim yo’q."

Farishta: "Xudo senda mo’jiza qiladi. Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tug’adigan O‘g’ling muqaddas bo‘ladi, U Xudoning O‘g’li deb ataladi."

Maryam: "Men Egamning bandasiman. Hammasi sen aytganday bo‘lsin."

Mo’jiza sodir bo’ldi. Baytlahmdagi og’ilxonada Xudoning O’g’li tug’ildi. Xudo Iso qiyofasida dunyoga keldi.

Biz Xudoga kelolishimiz uchun Xudo bizning oldimizga keldi.

Mavlud bayramini har doim nishonlayman, lekin undagi sodir bo’lgan mo’jiz meni doim hayron qoldiradi. Qudratli Xudo odam bo’lib bizning oldimizga keldi. Xudo Iso orqali bizga yaqin keldiki, toki odamlar Uni ko’ra oldilar va tegaoldilar. Bu cho’ponlarni quvontirdi. Xudo bizga keladi va Isoga ishonish orqali U sizga ham keladi.

Xudoni hayotingizga qabul qilishni xohlaysizmi? Siz ibodat orqali buni quyidagicha qilishingiz mumkin:

Ma’mur: "Rabbiy Iso, iltimos mening hayotimga kelgin. Men abadiy Senga tegishli bo’lishni xohlayman. Raxmat Sening menga bo’lgan buyuk sevging uchun."

Siz Xudoga kela olishingiz uchun U sizning oldingizga keladi.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Ma’mur, Farishta, Maryam

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on August 30, 2022, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)