Home
Links
Contact
About us
Impressum
Site Map


YouTube Links
App Download


WATERS OF LIFE
WoL AUDIO


عربي
Aymara
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
বাংলা
Български
Cebuano
Deutsch
Ελληνικά
English
Español-AM
Español-ES
فارسی
Français
Fulfulde
Gjuha shqipe
Guarani
հայերեն
한국어
עברית
हिन्दी
Italiano
Қазақша
Кыргызча
Македонски
മലയാളം
日本語
O‘zbek
Plattdüütsch
Português
پن٘جابی
Quechua
Română
Русский
Schwyzerdütsch
Srpski/Српски
Slovenščina
Svenska
தமிழ்
Türkçe
Українська
اردو
中文

Home -- Uzbek -- Perform a PLAY -- 142 (Doomed man 3)

Previous Piece -- Next Piece

DRAMALAR -- do'stlaringiz uchun bularni ijro eting!
Bolalarga ijro etish uchun o'yinlar

142. Hukm bo'lgan odam 3


Shifokor: "Halimjon ko’rinishingiz juda yomon! Orzuingizga erishishga harakat qiling. Oz umringiz qoldi."

Halimjon: "Ou, ha orzuyimga erishaman. Men ko’p yashayman. Xudoning men uchun Hitoyda men bajarishim kerak bo’lgan xizmati bor. Agar o’lsam ham baribir Iso bilan birga bo’laman va men buni kutyabman."

Halimjonga kasallik harorati qattiq ko’tarilib o’lgan odamdan yuqqan edi.

Hech kim bunday bo’lishi mumkinligini o’ylamagan edi. Lekin Iso uni himoyo qildi. Halimjon Hitoydagi xizmatida kerak bo’ladigan shifokorlik o’qishini davom ettirdi.

1853yil 19 Sentabrida Halimjon xizmatga tayyor bo’ldi. U 'Damfris' degan kemada Angliyadan Hitoyga suzib ketdi. Ular qirg’oqqa yetib boray deganlarida, kuchli bo’ron ko’tarildi. To’lqin kemani va butun kemadagilarni cho’ktirib yuborgudek bo’ldi. Lekin kuchli Himoyachi Iso ularni cho’kib ketishiga yo’l qo’ymadi.

Keyinroq shamol butunlay to’xtadi. Yelkanlar osilib qoldi. Tubki oqim kemani suv ostidagi qoya tomon oqqizib ketib u yerga tiqilib qoldi. Kema boshlig’i taslim bo’lib:

Kema Boshlig’i: "Tamom bo’ldik. Biz hech narsa qilolmaymiz."

Halimjon: "Lekin biz qila olishimiz mumkin bo’lgan bir narsa bor."

Kema Boshlig’i: "Bu nima?"

Halimjon: "Biz Xudoga ibodat qilib shamolni jo’natishini so’rashimiz mumkin."

Halimjon ibodat qildi va Xudo ularga yordam berishiga ishonar edi.

Halimjon: "Yelkanni tushiringlar!"

Kema Boshlig’i: "Bu nima ahmoqlik?"

Halimjon: "Xudo shamolni jo’natyabdi."

Kema Boshlig’i: "Bu juda qiziq. Men uni ko’rsamgina ishonaman."

Lekin kuluvchi kema boshlig’i mo’jizani ko’rdi. Birdan shamol yelkanni pufladi va kemani suv osti qoyasidan qiyinchiliklarsiz olib chiqib ketdi.

Iso himoya qo’lini 'Damfris' kema ustida qo’ydi. Ular Shanxayga yetib kelib langarni tushirishdi.

Halimjon Hitoy yerida yurib quvonchdan baqirib yubordi. Shu yerda Halimjon odamlarga Himoyachi haqida aytib berishni xohlagan edi. Shuning uchun Halimjon ularning tilini o’rgandi. Bu juda qiyin ish edi. Ba’zida uning tili charchab ketardi.

Halimjon: "Sirr Jesu ai o, za tscheng tsching kau su o."

Ko’p Hitoyliklar kimdir kelib ularga Rabbiy Iso haqida aytishini kutganlariga o’xshardi. Halimjon va uning do’stlarini har joyda yaxshi kutib olishar edi.

Ayol: "Tungschauga bormang. U yerning xalqi yomon. Ular sizni o’ldirishadi yoki qamab qo’yishadi."

Halimjon: "Agar u yerning odamlari yomon bo’lsa, biz u yerga borishiniz kerak. Ular Isoga muxtojdirlar."

(shovqinning ovozi) Nimadir bo’ldi! Men bu haqida sizlarga keying hikoyada aytib beraman.


Ishtrokchilar: Hikoya aytuvchi, Shifokor, Halimjon, Kema Boshlig’i, ayol

© Copyright: CEF Germany

www.WoL-Children.net

Page last modified on October 11, 2017, at 06:14 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)